Ko‘zqarash
7 iyun 2022

Imperativ-54. Amal va riyo

(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 54-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan)

AMAL VA RIYo

Yaqinda bir kishi O‘zbek TV dan chiqib, «Ollohni zikr qilayotganingni birov eshitib qolsa, bu riyo bo‘ladi, ibodating qabul bo‘lmaydi», deya insonlarni qo‘rqitdi. (Allohning nimani qabul etib, nimani qabul etmasligini qaysi manbadan o‘rganishadi, ajabo).
Shunga o‘xshagan «shayx»lar ham musulmonlarni qilgan amalini yashirishga, amal uchun mukofot kutmaslikka chaqiradi.
Albatta, amal ko‘z-ko‘z qilinmasa, adabga uyg‘un qilinsa, yaxshi. Ammo u oshkor bo‘lsa, amal sohibining aybi nimada? Allohu Taolo qulning oshkor bo‘lishini istamadigini biladi-ku, shunday emasmi?
Har bir musulmon bir yaxshilik qilarkan, uning mukofoti borligiga aslo shubha qilmaydi va bemalol yaxshilik qiladi.
Yaxshiligiga mukofot berilishiga shubha qilish Allohning marhamatiga shubha qilishdir, chunki.
Har bir qilingan yaxshilik tamalida musbat ma'noda bir ta'ma yotadi.
Ba'zan ta'ma so‘ziga manfiy mazmun yuklab xato qilamiz.
Masalan, bir musulmon Alloh rizosi uchun deb bittasiga yaxshilik qilsa, bu yaxshilik uchun Allohdan rizolik talabi tamagirlikka kiradimi?
Biz butun savob ish deb amalga oshirgan ishlarimni Allohga maqbul bo‘lishini istaymiz-ku? Va bu amalimiz uchun Robbimizdan mukofot kutishning nimasi yomon?
«Bu yaxshilikni Alloh rizosi uchun qildim, menga xech narsa kerakmaydi», deyish yolgonchlikdir. Chunki, odam uzi aytib turibdi «Alloh rizosi uchun qildim» deb.
Yashirin qilingan yaxshi amallarini ham «har narsani ko‘rgan Zot bu amalimni ham ko‘radi», deb o‘ylamagan biror mo‘min bormi dunyoda?
Yoki hatto go‘zal amallari uchun hech bir mukofot istamagan, faqat «Allohning diydori menga kifoya», deya muridlariga e'lon etgan muborak zotlar bu Diydorning mukofotlar ichida eng buyugi ekanligini bilishmaydimi?
«Yaxshilik qil, dengizga ot, baliq bilmasa, Xoliq bilar» deya bizga nasihat qilgan muboraklar ham Xoliqning bilishini bilib daryoga otayotganlari yo‘qmi qilgan yaxshiliklarini?
Qilgan amali uchun Allohdan mukofot kutish riyo emas.
Riyoning boshqa belgilari bor.
Men o‘zimda ko‘rganlarimni aytaman: Jamoat bilan qilingan namozlarda butun harakatlar (ruku, sajda va hakozo)ni maromiga yetkazib qilishga tirishaman. Ammo bu taqdirga shoyon Tirishqoqlik namozni yakka o‘zim qilayotganda, ayniqsa, horg‘in paytda bajo keltirilgan namozlarimda g‘oyib bo‘ladi. Ru'ku va sajdalarni maromiga yetkazishga erinaman. Qaddim shalpayib turadi, qo‘llarimni sog‘lom bog‘lamayman, qoringa tushib turadi va hokazo.
Bu holatning riyoga yaqinligini his etaman. Chunki, odamlar yonida namozni maromida qilib, yolg‘izlikda, (Alloh ko‘rib turgan!) namozimni to‘g‘ri qilishga tanballik qildim. Bunday namoz uchun avf kutish qiyin, albatta.
Ammo musulmon yaxshiligi uchun ichida yoki oshkor Allohdan xayr ta'ma qilsa, bu riyo emas. Allohdan mukofot kutib, «mukofot kutmayman», deyish RIYodir.
Qolaversa, amaldan sobitroq bir tasalli bor. Bu tasallini xusronda bo‘lgan bizlarga Allohning marhamatidan boshqa hech bir amal qutqarmasligining bilinchi beradi.

Davomi bor

Muhammad Solih

Tag‘in o‘qing
10 iyun 2022
Minutlar soatlarni, soatlar esa sutkalarni quvalay quvalay bir xafta o‘tdi. Mana juma keldi. Yana «Rassom Tuz nima deydi ekan?» ...
30 mart 2019
Prezident Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qarorga ko‘ra, “O‘zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” ...
23 noyabr 2022
Shvetsiyada 2013 yildan beri Rossiya foydasiga josuslik qilgan o‘ris er xotin qamoqqa olindi. 1990 yillar oxirida Shvetsiyaga ko‘chib kelgan ...
31 may 2019
Sho‘rolar hukumatining keskin siyosati, aholining xususiy mulki, chorva mollarini tortib olib, ko‘chmanchi xalqlarni majburan o‘troqlashtirish, kolxozlashtirish harakatlari oqibati o‘laroq, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...