Ko‘zqarash
19 aprel 2023

Unutilgan sevgi xronikasi…

Hammasi 2022 yil yanvarida Camarqandning Pastdarg‘omida 33 yoshli kam ta'minlangan erkak 31 yoshli ayol uyiga dori olib borgan kundan boshlandi. 

Siz o‘shami, dedi ayol. Hmmm men o‘shaman, dedi erkak. O‘rtada «lyubov-markov» boshlandi. Ag‘i tushunarli – ular ko‘p vaqtlarini birga o‘tkaza boshlashdi. Qandillarning silkinishi bir necha oy davom etdi. So‘ng,  erkak ayol bilan muloqot qilishni xohlamasligini aytdi. Ishq adovatga aylandi. Ayol intiqom o‘tida yona boshladi. 

Yigitga birga tushgan yalang‘och surat va videolarini yubora boshladi. 

Yigitga agar sevgi badalini do‘llirda to‘lamasa, internetda tarqatib yubrishini aytdi ayol. 

Yigit sobiq suyuklisining shantaj yo‘liga o‘tganiga ishongisi kelmasdi. Lekin aytgan pulini boshidan aylantirib-aylantirib berdi. Yeb qo‘ydim, labini pichirlatdi yigit damini chiqarmay.  

Ammo, vaqt o‘tgan sayin, ayolning ishtahasi ajdarholar singari karnaylashib borardi. Ho‘pla og‘zim ho‘pla derdi, ochopat sobiq o‘ynash. Bir necha oy ichida erkak cho‘ntagi quridi, majoli qolmadi. Oxirgi gal ayol 15 ming ko‘kidan so‘radi. 

Va nihoyat erkak «e, bore» dediyu politsiyaga borib, sodir bo‘lgan hamma narsani aytib-aytib tashadi.  

Bunaqa voqealarni ko‘raverib, hatto boshlaridan o‘tkazaverib piri komilga aylangan milisalar shessekundda yechim yo‘lini topishdi: 

ayol navbatdagi pul transhini talab qilgan paytda erkak qo‘liga siyoh urilgan soxta 6 ming do‘llrni tutkazishdi.

U yog‘i hind filmlar singari – ayol pulni jaraq-jaraq sanab olayotgan paytda milisa shappa bosdi. 

Ayol qamag‘da… Qissadan hissa shuki, erkaklar begana ayol ko‘zini suzsa darrov arqonni uzavermanglar. Unutmang, uyda sizni mushtipar xotiningiz kutayapti…. Bepul pishloq faqat qopqonda bo‘ladi. Ashnaqa…  

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
7 avgust 2020
Uzoq ko‘rmagan va siz uchun aziz bo‘lgan yaqiningiz eshikni qoqmasdan ochib kirib, qarshingizdagi stulga kelib o‘tirdi. Siz unga qaraysiz, ...
24 fevral 2024
Saylov bu demokratiyaning umurtqa pog‘onasi. Har bir vatandosh parda bilan o‘ralgan xonaga kirib, o‘z siyosiy irodasini bildirib iqtidor vektoriga ta'sir ...
27 dekabr 2017
«Eltuz» nashri MXX raisi Rustam Inoyatovning Avstriyada yashirilgan mulkiga oid videoni taqdim etadi. Video Open Source Investigations (OSI) guruhi ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...