Ko‘zqarash
30 sentyabr 2023

Rassom Tuz: «Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa…»

Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji bittagina aravachali velosipeddan iborat edi. To‘yda kelin-kuyov bilan qo‘shib hisoblaganda bor yo‘g‘i 8 kishi qatnashdi. To‘ydagi yegulik ichgulik velosiped aravachasiga jo bo‘ldi.

Kelin kuyovlar “Eltuz” nashri uchun o‘z sevgi hikoyasini lutfan aytib berishdi.

Kuyov 26 yoshda. Uning ismi Volf. O‘zbekchaga tarjima qilsak Bo‘rivoy bo‘ladi. Germaniya o‘ntaligiga kiradigan ayti shirkatda ishlaydi. Oyiga 10 ming yevrodan ko‘proq oylik oladi.

Kelinning ismi Linda. 23 yoshda. PR shirkatida dizayner. Oyiga o‘rtacha 3 ming yevro oladi.

Ular ikki yil mobaynida sevishib, bir birini yaxshi tanigach, to‘y qilib, umr rishtalarini bog‘lashga qaror qilishdi.
To‘y tantanasi Berlindagi burgeramtda nikohdan o‘tish rasmiyatchiligi bilan boshlandi. Ya'ni ular zagsdan o‘tishdi.

Nikohdan o‘tish sharafiga sakkiz kishi bir shisha shampan sharobi ichishdi.

Keyin oldiga yog‘ochdan bo‘lgan quti tirkalgan birgina velosipeddan iborat to‘y korteji bir paytlar Germaniyani ikkiga ajratgan devor bo‘ylab uzangan Shlizishes ko‘chasi bo‘ylab yurdi.
Orqada kelin kuyovning kumush sochlari qiyoshda yaltirab ko‘ringan ota-onalari mamnun qadam tashlaydi. Ularni suratga olayotgan turistlarga qarab jilmayib, poz berishadi.
Kelin kuyovlar Treptov parkiga yaqin joydagi turklar “bit bozori” deb aytadigan eski tuski bozoriga borishdi.
Toshkentdagi “Tezekov” bozoriga o‘xshash bu bozorda har xil ashqol dashqollar sotiladi.

Shu bozordan kuyovbola o‘z turmush o‘rtog‘i Lindaga sovg‘a olib berdi. Piva qopqog‘ini ochadigan bronzadan bo‘lgan ochqich. Keyin ular ko‘chaga chiqib, bozorga yondosh joydagi parkda “to‘y” qilishdi.

Endi to‘yni tasvirlasam. O‘rtada aravachili velosiped turibdi. Ichida meva sharbati, piva va makkajo‘xori qalamchalari deya bilganimiz chips solingan yaltiroq xaltachalar. To‘y harajatlari. Velosiped kuyov bolaning o‘ziga oid. Demak, tekin. Quti ichidagi yegulik va ichimliklar narxi 40 yevro atrofida. Mehmonlar o‘zlari bilan sharoblar olib kelishgan.

Kuyov bolaning kelinga sovg‘asi 2 yevro. Lindaning oldiga borib, Eltuz nashri o‘quvchilariga biror narsa ayt, deb iltimos qildim.

Lindaning aytgan gapi aynan mana shunday bo‘ldi. Wir werden glücklich sein, wenn Gott will.

Buni tarjima qilgach, o‘zim hayron qoldim.

“Biz baxtli bo‘lamiz Xudo xoxlasa”

Muhammad Yusufning shunaqa sha'ri bor edi.
Mayli-da, kimgadir
Yoqsa, yoqmasa,
Ularga qo‘shilib
Yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xoxlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik…

Tag‘in o‘qing
22 mart 2019
Matematikaga oid “Risolai Ulug‘bek” va astronomiya ilmida voqea bo‘lgan “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarlarini yozgan olim va davlat arbobi Muhammad ...
18 avgust 2020
«Men barmoqlarim ko‘karguniga qadar hokimiyatga osilib o‘tirmayman» degan edi jurnalistlarga Belarus prezidenti 2019 yilning noyabrida. Biroq bugun butun mamlakat bo‘ylab Lukashenko ...
15 mart 2016
Buxoro viloyati davlat sanitariya va epidemiologiya markazi sertifikat berish bo‘limi mudiri Hoji Safarov pora bilan ushlandi. “Huquq” gazetasi xabariga ...
28 dekabr 2018
Yangi yil arafasi uyma-uy yurib rizqini terayotgan Qorbobolar shu kunlarda boy xonadonlarni ilinj bilan izlashadi. Biroq erka bolakaylarning boy ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...