Kundalik
31 oktyabr 2015

Pul daraxtiga sig‘inadigan qavm

Shuhrat Bobojon
Eltuz.com

Shoh Bobur o‘z ona vatani haqida yozar ekan “Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo‘lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas,” deya tasnif beradi.

Asli zarafshonlik bir jurnalist do‘stimning aytishicha, poliz boshida qovun-tarvuz sotmaslik udumi hanuz bor:

Dalvarzinda poliz boshida 18 ta tarvuz tanladim. Har biri qulochga sig‘mas botmondek ulkan tarvuzlar edi. Pul chiqarsam olmadi. Poliz boshida savdo-sotiq yo‘q hali biz taraflarda¸ deydi yoshi qirqdan o‘tgan bu do‘stimiz.

Qarangki, bu udum baynalmilal ekan.

Masalan, men yashayotgan Chexiyada ham bor ekan bundayin odat.

Gilos hikoyasi

Iftor paytida Praga masjidida stolga gilos tortildi.

Yirik-yirik yoqutdek giloslar ro‘zador o‘zbek muhojirlari dasturxoniga Chexiya bog‘laridan terib keltirilgan edi.

Stolda o‘tirgan kosonlik tojiklardan biri “Pragada yashab gilosga to‘yib ketdik,” deb qoldi.

Praga atrofidagi omborlardan birida ishlovchi bu eldoshimiz¸ yo‘l chetida o‘sgan giloslarni yer bilan bir bo‘lib yotganini ko‘rib, terib olishga azm qilganini gapirdi:

Bir chelakni to‘ldirib terib oldim¸ gilos o‘sib turgan uyning egasi chiqib menga kulib qarab: “Olaver, osh bo‘lsin,” deydi. Pul beraymi, desam¸ qanaqa pul, deb kuladi.

O‘zbekistonlik muhojir o‘z yurtida gilos “pul daraxti” degan mavqeda bo‘lganini aytadi:

O‘zbekistonda devordan gilosning bir butog‘ini ko‘rib, havas bilan qo‘l uzatsam¸ egasi miltiq ko‘tarib chiqdi. Gilos egasi “pul daraxti bu¸ tirikchilik shundan o‘tadi,” deb meni haydab soldi.

Qahhorning “Anor” hikoyasida boshqorong‘i bo‘lgan xotini uchun anor o‘g‘irlagan bechoraning ko‘rgiligi aks etadi.

Nahot bu elda bir ayolmand bechoraga ikkita anor sovg‘a qiladigan bog‘bon yo‘q bo‘lgan?

Tog‘am novvoy – pul bersam non beradi, degan maqol ham shu elniki-ku.

Pul bermagan jiyanga novvoy tog‘a non bermaydi.

Buning barobarida tog‘a yoki boboning puliga ko‘z tikayotgan «parazit» qarindoshlar ham ko‘paygan.

Kap-katta odamlar qimorda yutqizib “Boboy bilan momoyni pensiyasi chiqqanda qaytaraman,” deb o‘tirishadi.

Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 14 yashar qizcha 76 yashar bobosini pul bermagani uchun bolta bilan chopib o‘ldirdi.

Bosh prokuratura voiziga ko‘ra, o‘zbek er-xotin pul uchun 186 ta keksa ayolni o‘ldirgan.

Yana bir o‘zbek er xotin esa Istanbulga borib ikki keksa nafaqaxo‘rni o‘ldirib pulini o‘marishdi.

Maqsad pulga ega bo‘lish.

Vosita ikkilamchi.

Pulchambar

rasm455O‘zbek hofizlari puldan to‘n kiyishga ishqiboz.

Prokurorning qarindoshi to‘y qilsa, bo‘yniga dollardan pulchambar osish urf bo‘libdi.

Pul jigardan bo‘lgan, deydi Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek xofizlaridan biri¸ Isroilda bergan kontseertida ustidan sochilgan pullarni ko‘ziga surtgan videosi tarqalgan qo‘shiqchi.
Bunday hikoyalar ko‘p, deydi Pragadagi oliy o‘quv yurtlaridan birida dars beradigan mudarris o‘zbek:

O‘zbeklar borgan sari pul daraxtiga sig‘inadigan qavmga aylanmoqda. Barcha birdek abgor. Mirziyoevni yomon deysizlar¸ to‘g‘ri u yomon. Ammo o‘qituvchilarning oyligidan urib qolayotgan kollej direktori yomon emasmi. Ëki Toshkentdagi oliygohlardan birida ishlaydigan domla bir oy davomida har kuni dekanning eshigiga uyat gap yozib ketgani aks etgan video tarqaldi. Institut deb atalgan pul daraxtining bir butog‘iga ega bo‘lgan odamga hasad qilish emasmi bu?!
Yana bog‘u-bo‘ston mavzusiga qaytamiz.

Moskvadagi meva bozori.

Uyum-uyum mevalar ortida quyuq qoshini uyub o‘tirgan o‘zbek o‘z qavmdoshini ko‘rar ko‘rmay battar qovog‘ini uyadi.

«Yeb ko‘rish yo‘q. Puling bo‘lsa ol, bo‘lmasa idi na x..,» deydi Moskvagacha yetib borgan mirishkor o‘z eldoshiga.

Bu mirishkor ertalab ilk xaridordan olgan pulini oldin ko‘ziga keyin prilavkaga surtadi.

Irimi shunaqa ekan.

Tag‘in o‘qing
2 oktyabr 2015
Karimovning muxolifi bo‘lgan Muhammad Solihning mashhur satrlari bor, – “Ozodlik – hayollarning eng go‘zalidir, orzularning eng yuksagidir” degan. Men ...
4 yanvar 2016
Qudrat Bobojon Eltuz.com Eltuz manbalariga ko‘ra janozada ortiqcha gap so‘z bo‘lmasligini MXX zobitlari maxsus nazorat qilgan. O‘z TV diktori ...
15 fevral 2018
MXX idorasining Toshkent shahri markazida joylashgan bosh binosidan ko‘chirilayotgani haqida 14 fevral kuni «Eltuz» nashri xabar bergan edi. Toshkentning ...
22 fevral 2017
63 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamoq muddatini to‘liq o‘tab bugun ozodlikka chiqqani inson huquqi faollarining quvonchiga sabab bo‘lmoqda. ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...