Kundalik
10 noyabr 2015

Kovushini to‘g‘rilab qo‘ygan bo‘lishardi…

Akmal Nabiev
Eltuz.com

Qish mavsumi yaqinlashgani sabab keyingi paytlarda o‘zbeklar muhokama qilayotgan asosiy mavzulardan biri uyni isitish, qanday qilib qishdan sovuq qotmay chiqish bo‘lib qoldi.

Juda ko‘p yurtdoshlarimiz muqobil isitish qurilmalari sifatida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Jiddiy suhbatlar bo‘lmoqda…

To‘g‘risini aytsam achinib ketayapman, ziyoli insonlar muammo yechimi qolib boshqa narsalar bilan o‘z vaqtlarini behuda yo‘qotayotganiga va yurtdoshlarimizni chalg‘itayotganiga.

Bilasizlarmi, shunday muammolar boshqa davlatlarda bo‘lganida asosiy muhokama qilinadigan narsa muqobil isitish moslamalari emas, balki, aholini issiqlik bilan ta'minlay olmayotgan hukumat rahbarlarining faoliyati bo‘lardi.

Nahotki yurtdoshlarimizga muqobil variantlarni taklif qilayotganlar fikr qilmaydilar-ki O‘zbekiston yetarligidan ortiqcha darajada gaz zahiralariga ega va o‘z aholisiga ravo ko‘rmagan gazni xorijga sotib yuborayotganini? Nega xalqni o‘z haqlarini talab qilishga chaqirish o‘rniga qaerdagi ikkinchi, uchinchi darajali narsalar bilan chalg‘itishadi?

Bundan bir necha yillar avval bizga qo‘shni qishloqda hokim yashardi. Qishloq yo‘llari sovet davridan buyon asfalt ko‘rmagani natijasida dabdalasi chiqib ketgan edi.

Bir safar o‘sha qishloqqa yo‘lim tushib qoldi, ko‘chaning o‘rtasidan xuddi poyandoz to‘shalgandek bir mashina sig‘adigan qilib asfalt bosilibdi.

Asfalt yo‘ldan biroz yurgandim asosiy ko‘cha qolib sovetlar davrida ham asfalt ko‘rmagan dala yo‘liga burildi.

Men ham qiziqish ustunlik qilib o‘sha ko‘chaga burildim. Qarang, shu ketishda ko‘cha yarmida hokim solgan koshona uy oldigacha bordim, undan keyin yana odatdagidek tuproq yo‘l.

Nega aytayapman bu voqeani? Tasavvur qiling shu voqea yurtimizda emas, G‘arbni qo‘yib turing, Rossiyada yoki Qozog‘istonda bo‘lganida xalq o‘sha hokimni o‘z holiga qo‘yib qo‘yarmidi?

Yo‘q! Bunday hokimning darrov kovushini to‘g‘rilab qo‘ygan bo‘lishardi…

Tag‘in o‘qing
3 aprel 2018
Oliy Majlis Senatida 29 mart kuni Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Ixtiyor Abdullaev O‘zbekistonga havf solayotgan islomiy tahdid haqida ...
15 mart 2021
Ichki ishlar vazirligi ikki oy ichida 24 milliard so‘mga mahbus tashuvchi 50 ta transport vositasi – avtozak sotib olgani ...
5 sentyabr 2017
Samarqandlik ikki aka-uka haqida eshitgandim. Hujra ko‘rgan, islomiy da'vosi kuchli yigitlar edi. Taqdir taqozosi bilan ular Suriyadagi jangarilar safiga ...
30 avgust 2021
Prezident Islom Karimov O‘zbekistonni modernizatsiya qildi, deyishganida aslida noto‘g‘ri gapirishadi. Chunki u bunday qilish uchun na keng dunyoqarashga, na ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...