Kundalik
16 noyabr 2015

Arava sinsa o‘tin, qolganlar sham yorug‘ida

Bu muammo O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘onistonga elektr eksport qiluvchi hududlarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.

O‘zbekistondagi elektr o‘chishi bilan bog‘liq azaliy muammolar, korruptsiya va poraxo‘rlikning urchishi uchun ham sharoit yaratmoqda.

Xususan 23 sentyabr kuni Jarqo‘rg‘on tumaniga kelgan Surxondaryo viloyat elektr idorasi direktori o‘rinbosari Jumaev Mamarasul muammolar yechimi sifatida elektroset xodimlaridan 13 kishiga majburlab ishdan bo‘shash haqida ariza yozdirgan.

Biroq ular ketgach faqat uch kishigina – A. Qodirov, R. Atamuradov va U. Qo‘ldoshevlar ishdan bo‘shatildi, “400 dollardan tegishli porani bermaganlari uchun”, deydi ma'lum sababga ko‘ra o‘z ismini aytishni istamagan eltuz.com manbasi.

Biroq, Surxondaryo viloyat elektr idorasi direktori o‘rinbosari Jumaev Mamarasulning chindan ham qolgan arizago‘ylardan pora olgani olmaganiga oid gaplarni rasmiy manbalar orqali tasdiqlash imkoni bo‘lgani yo‘q.

“Ishdan bo‘shash haqida ariza bergan qolgan to‘qqiz nafar shaxs ish joyida qoldi. Muammolar esa sira o‘zgargani yo‘q, hamon qorong‘ida, sham yorug‘ida o‘tiribmiz”, deydi jarqo‘rg‘onlik ayol.

Muqaddas Ro‘zimurodova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 sentyabr 2020
Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi vazir o‘rinbosari bo‘lgani haqida deyarli barcha o‘zbek internet saytlari yozdi. Lekin bu xabarning o‘zbek ...
25 mart 2021
Prezident Shavkat Mirziyoevning Shovvozsoydagi maxfiy qarorgohi mavzusini ilk bor ko‘tarib chiqqan toshkentlik faol Aleksey Garshin shaxsiga tahdidlar qilinmoqda. Bu ...
12 fevral 2016
«Zamondosh» sayti muharriri bo‘lgan Rizo Obidning kallasi ishlab qoldi. Boshi borib toshga tekkanidan so‘ng ishlab ketdi shekilli. Galima Buxarbaeva ...
1 noyabr 2017
31 oktyabr kuni Nyu Yorkda o‘zbekistonlik 29 yoshli Sayfullo Saipov sodir etgan terror aktida 8 kishi o‘ldi, 11 kishi ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...