Kundalik
30 noyabr 2015

O‘ktam Pardaev ishi boshi berk ko‘chada

Do‘stlik tumani TIIB tergovchisi Orif Anorboev kimdir maslahat uchun pul to‘laganligini bilish uchun O‘ktam Pardaevga yordam so‘rab murojaat qilgan 100 atrofidagi fuqarolarni tergov qildi. Biroq, tergovchi huquq himoyachisining pul ta'ma qilganiga oid birorda ma'lumot ololgani yo‘q.

Bu haqda O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari Tashabbus Guruhi raisi (O‘MHHTG) raisi Surat Ikromov xabar beradi.

“Aftidan, buyurtma bo‘yicha tergov boshi berk ko‘chaga kirdi, chunki O‘R JL 211 va 168 moddalari bo‘yicha ayblov yuzasidan biror fakt yoki dalil yo‘q, deyiladi O‘MHHTG press-relizida.

O‘ktam Pardaev 16 noyabr kuni o‘z uyida, bir ayolning huquq himoyachisi Jizzax viloyati fuqarolaridan pul ta'ma qildi degan chaquvi bilan hibsga olingan. Uni firibgarlik va pora olishda ayblashgan. Go‘yoki O‘ktam Pardaev muayyan pul evaziga odamlarning muammosini hal qilib berishni va'da qilgan.

Mahalliy hukumat O‘ktam Pardaevni OAVdagi ochiq chiqishlari uchun yoqtirmay kelishgan, uning ortidan maxsus xizmatlar poylab kelgan, u o‘z hamkasblarini, O‘zbekison Milliy Xavfsizlik Xizmati unga qarshi jinoiy ish ochishga urinayotgani haqida bir necha bor ogohlantirgan.

Huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevning hibsga olinishi, o‘zbek hukumati zo‘rovonliklariga qarshilik qilishga urinish olib borayotgan o‘zbek faollarini qo‘rqitish siyosatining davomidir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 mart 2018
Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha 15 mart kuni o‘tgan sud majlisida Respublika sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jurnalistga nisbatan qiynoqlar ...
28 oktyabr 2015
Ertalab bir qo‘shnimnikiga oshga chiqqandim. Bir katta jome-masjidining imom-xatibi xam kelibdi. 30-35 yoshlardagi yigit ekan. Juda chiroyli gaplarni gapirib ...
10 iyun 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 9-qismini taqdim etadi. Rus ...
16 aprel 2024
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani Tibbiyot bo‘limi xodimlari nomidan yozilgan va Eltuzning telegram kanalida chop etilgan shikoyat maktubi yuzasidan navbatdagi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...