Dayjest
8 aprel 2016

Endi hokimlik ham bitiruvchiga «ish topib beradi»

Gazetaning yozishicha, bu yildan boshlab kollej bitiruvchisi bilan to‘rt tomonlama shartnoma tuzish tartibi joriy etilgan. Endi shahar, tuman hokimliklari ham bitiruvchini ishga joylashtirish to‘g‘risidagi shartnoma sub'ektlaridan biri sifatida unga imzo chekadi.

Ilgari «bitiruvchi-kollej-ish beruvchi» tartibida uch tomonlama shartnoma tuzilardi va aslida bitiruvchi ish bilan ta'minlanmasa ham shunday bitta qog‘ozni olib borib, «ish bilan ta'minlangan» bo‘lib qolaverardi. Shu orqali O‘zbekistonda hay-hay demasa kollej bitiruvchilarining hammasi ishli ekani to‘g‘risidagi hisobotlar berilar, lekin unga birov ishonmasdi.

Endi bu yolg‘onga hokimlik ham jo‘r bo‘ladiganga o‘xshaydi. Chunki ish bo‘lmasa, hokimlik bitiruvchini qaerga joylashtiradi? Shartnomadagi imzo ko‘paygani bilan ish joyi ko‘paymayotganini «yuqori»ga qanday aytsin!? Undan ko‘ra hisobot uchun shartnomaga imzo qo‘yilsa, ham bosh tinch, ham «yuqori» xursand!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 mart 2021
Bir qancha nufuzli xorijiy tashkilotlar O‘zbekistonda yaqinda ta'sis etilgan ilk mustaqil kasaba uyushmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabi bilan qo‘shma ...
1 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 16-qismi millatni, o‘zlikni tanish mavzulariga bag‘ishlanadi. Shoir o‘zining 30 yillik ...
9 yanvar 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham ...
6 iyul 2016
Ichki ishlar xodimlariga kirakashlik qilgan avtomobil haydovchisi militsiya va sapyorlar guruhi har bir masjidni sinchiklab tekshirganini, kuni bo‘yi uch ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...