Kundalik
20 may 2016

O‘zbekiston hukumati inson huquqlari himoyachisi Yelena Urlaevani asab kasalliklari shifoxonasida ushlab turibdi

Mashhur faollardan biri va O‘zbekiston huquq himoyachilari alyansi yetakchisi Ye.Urlaeva ko‘p bora og‘ir voqealarni boshdan kechirgandan keyin 9 mart kuni shifoxonaga joylashtirilgan edi.

Aprel oyi oxirida Ye.Urlaevaning davolovchi vrachi unga va o‘g‘liga huquq himoyachisining salomatligi yaxshilagani va 2 may kuni shifoxonadan chiqishga ruxsat berilishini ma'lum qilgandi. Biroq shifoxona hali ham uni chiqarib yuborishdan bosh tortmoqda. Bu esa hukumat Ye.Urlaevaning shifoxonada bo‘lishidan uni hech qanday sababsiz va muddatsiz ushlab turish maqsadida foydalanish uchun shifokorlarga bosim o‘tkazgan, degan jiddiy xavotir uyg‘otadi.

«Yelena Urlaevaning asab kasalliklari shifoxonasida hech qanday tibbiy asossiz ushlab turilishi tibbiy etikaning qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi, – dedi O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi direktori Umida Niyozova. – U zudlik bilan ozod etilishi kerak, O‘zbekiston hukumati esa shifoxonalardan sudsiz ushlab turish vositasi sifatida foydalanishni to‘xtatishi zarur».

Yelena Urlaeva hukumatning ko‘plab ta'qiblariga qaramay, inson huquqlari himoyasi sifatidagi matonatli va fidokorona xizmatlari ortidan «O‘zbekistonda eng jasoratli inson» deb tan olingan.

Ko‘p yillar davomida u nohaq ta'qiblarga uchraganlarni himoya qilib keldi, amaldorlarning o‘z mansab vazifasini suiiste'mol qilishiga qarshi kurashdi.

O‘zbekiston hukumati Ye.Urlaevaning ovozini o‘chirish uchun unga qarshi turli chora-tadbirlar qo‘lladi, jumladan, 2015 yilda besh marta hibsga oldi.

«Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti va Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalar Yelena Urlaevaning ozod etilishi uchun o‘zbek hukumatiga bosim o‘tkazishi, hukumatni huquq himoyachilarini ta'qib qilgani uchun javob berishga chaqirishi juda muhimdir», deydi Mehnat huquqlari xalqaro forumi (ILRF) ijrochi direktori Judi Gerhart.

O‘zbekiston hukumati Yelena Urlaevaning paxta sektoridagi majburiy mehnat to‘g‘risida ma'lumot tarqatayotgan hamkasblarini ham jazolamoqda. 2015 yilda bu borada monitoring o‘tkazgani uchun militsiya Dmitriy Tixonovni hibsga oldi, kaltakladi va «bezorilik»da aybladi. Oxir-oqibatda uni mamlakatdan qochib ketishga majburladi.

2015 yilda amaldorlar O‘ktam Pardaevni hibsga oldi, monitoring o‘tkazishda foydalanadigan kompyuteri va fayllarini musodara qildi. Keyin esa u ikki oy davomida hibsda ushlab turilib, kaltaklandi.

Ayni paytda xalqaro hamjamiyatning yanada kuchliroq qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi.

O‘zbekiston hukumatining inson huquqlari himoyachilari ovozini o‘chirish maqsadidagi faol xatti-harakatlari uning Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy konventsiyalariga rioya etish to‘g‘risida XMT oldida olgan majburiyatiga putur yetkazmoqda.

Hukumat mehnat qonunchiligiga rioya etish yuzasidan Jahon banki oldidagi majburiyatini buzmoqda. Monitoringchilarning mehnat qonunchiligi buzilishi haqida xabarlar berish harakatlariga to‘sqinlik qilish orqali hukumat o‘z fuqarolariga qonun ustuvorligi xalqaro sarmoyalarni jalb etish uchun faqat qog‘ozdagina mavjudligi to‘g‘risida mujda bermoqda, deyiladi «Paxta kampaniyasi» koalitsiyasining press-relizida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 avgust 2020
Mezon kechdi. Qanday shoshib kechdi bu mezon. Hosil to‘la aravasi loylarga botib Sochi oqardi. Mezon kechdi. Qanday ma'yus kechdi ...
21 iyun 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni prezident Mirziyoevning Andirjon 17-18 ...
24 may 2021
21 may kuni Chirchiq shahri jinoyat ishlari sudi 22 yoshli Akmal Sultonovni rus ayolini qasddan o‘ldirganlikda ayblab, 10 yil ...
19 noyabr 2021
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq hokimligi binosida 43 yoshli deputat Feruza Babashovaning deputatlik ishi va odob-axloqi muhokamasi bo‘lishi rejalashtirilgan yig‘ilish deputatning ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...