Kundalik
15 iyun 2016

Elektr uzilishlari ramazon oyida yanada ko‘paydi

Iftor va saharlik payti chiroqning o‘chirib qo‘yilishi farg‘onaliklarga ayniqsa malol kelmoqda.

Farg‘ona viloyatining aksariyat tumanlarida chiroqning tartibsiz uzilishlari yozda ham qishdagidek davom etmoqda. Bahor oylarida kunduzi soat 12 dan 13 gacha, kechasi 20 dan 21 gacha elektr ta'minoti uzib qo‘yilardi, yoz fasliga kelib esa bu uzilishlar tartibsiz davom eta boshladi.

«Qish faslida uzilishlarni energiya tanqisligiga yo‘yishardi, buning belgilangan tartibi bor edi, yozga kelib esa istagan vaqtida o‘chirib, xohlaganida yoqishayapti», deydi oltiariqlik uy bekasi.

U kuni bo‘yi uyda bo‘lgani uchun yil davomida qay paytda o‘chirilib yonganini kuzatish imkoniga ega ekanini aytadi.

Masalan, Farg‘ona viloyati tumanlaridan birida 7, 8, 9 iyun kunlari tarmoqda ta'mir ishlari olib borilayapti, degan bahonada 17 gacha elektr berilmadi.

Shu kunlari tungi soat 23 bilan 24 oralig‘ida ham tok uzib qo‘yildi va saharlik vaqtigacha svet berilmadi. Saharlik tugashi bilan uch yarimda yana svet uzib qo‘yildi.

13 iyun kuni esa saharlikdan keyin o‘chirilgan svet 7. 45 da berildi.

Elektr tarmog‘i idorasiga bog‘langanimizda, avvaliga bu holni «Odamlar ortiqcha sovutgich, konditsionerlardan foydalanishayotgani uchun transformatorlarga nagruzka tushayotgani» bilan izohlashdi.

Navbatdagi uzilishga, havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishini sabab qilib keltirishdi.

Keyini uzilish sababini esa shunchaki gapni kalta qilib «35 o‘chirdi» deya izohlashdi. 35 degani bu, viloyatning markaziy elektr idorasi.

Farg‘onada bugun ham chiroq yonib o‘chishda davom etmoqda, Elektr tarmoqlari korxonasidagilar esa yuqoridan shunday buyruq kelganligini ro‘kach qilishdan charchamaydi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 oktyabr 2021
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Boytish mahallasida yashovchi Shomirza Rixsiboevning xonadonida 7 oydan buyon gaz yo‘q. – Kunlar sovib ketdi. ...
26 avgust 2020
Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Jozef A. Presel xotiralaridan 2020 yil 19 avgust Men 1997 yil oktyabr oyida ...
8 mart 2020
Rassom Dumham Eltuz.com
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan siyosatshunos Bahodir Fayzni taklif ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...