Kundalik
28 iyun 2016

Istanbuldagi bombali hujumda ikki o‘zbek o‘ldi

Toshkentlik Muxiddinov Samad Murodovich va Namangan shahridan 22 yashar Abrorjon Ustaboev Ayubxon o‘g‘li Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida yuz bergan hujumda nobud bo‘lgan.

rasm1612
Abror Ustaboevning Odnoklassniki tarmog‘iga qo‘ygan surati

Abrorjon Ustaboevning pasporti rasmini e'lon qilgan haberturk agentligining yozishicha, 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Ustaboev aeroportga kelib, taksidan tushgan paytda portlash sodir bo‘lgan va u o‘sha joyda jon bergan.

Toshkentlik Samad Muhiddinovning portlash paytida aeroport ichkarisida bo‘lgani aytildi.

Konsulxonada sansolarlik bois jasadlar payshanba kuni ham Istanbul morgidan olib ketilmagan.

Portlash va otishmada yarador bo‘lgan o‘zbeklar soni 4 nafar ekani bildirilgandi.

Istanbul hujumida yaralangan o‘zbekistonlik 4 kishidan birining ismi-sharifi Rifat Salimov ekani haqida Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumot tarqatdi.

Terrorchilar avtomatdan o‘t ochgan paytda oyog‘iga o‘q tekkan Ravshan ismli yigitning Istanbul kasalxonalaridan birida davolanayotgani haqida eltuz.com muxbiriga uning yaqin do‘stlaridan biri ma'lum qildi.

Istanbulda istiqomat qilayotgan O‘zbekistonlik yozuvchi Nurilla Otaxonov o‘z mikroblogida kasalxonada qolayotgan o‘zbek yaradorlarini ziyorat qilganligini yozdi.

Istanbuldagi Otaturk aeroportida yuz bergan terakt oqibatida halok bo‘lgan 36 kishidan 28 nafarining shaxsi aniqlashtirilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 147 kishi jarohatlangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 dekabr 2022
Dunyo urush asoratlaridan qaddini endi tiklayotgan 1948 yilning 10 dekabr kuni Parijda jahonning ko‘plab davlatlaridan yig‘ilgan diplomatlar Inson huquqlari ...
27 avgust 2019
Rasman e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM qariyb 50 milliard dollarni tashkil etadi. Markaziy bank raisiga ishonsak esa YaIM ...
11 yanvar 2017
Yangi yil oldidan rossiyalik milliarder, agar uni O‘zbekistonga chaqirishsa borishga tayyorligini aytdi. Uni O‘zbekistonda kim kutayotgani, kim chaqirishi qorong‘u. ...
15 may 2017
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi sayti, Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining nomi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...