Asosiy mavzular
20 iyul 2016

Ko‘sak qurti terimidan so‘ng «chekanka»…

Odatdagidek, bu ishga, ya'ni g‘o‘za nihollarini chekanka qilish ishlariga ham byudjet tashkilotlari xodimlari – bog‘cha opalar, o‘qituvchilar, shifokor va hamshiralar jalb etilmoqda. Ular bundan ilgari eltuz.com xabar berganidek o‘n kun davomida ko‘sak qurti terish bilan shug‘ullanishgan edi.

Chekanka ham ko‘sak qurti terimi kabi og‘ir va pedagogika yoki tibbiyot sohasidan mutlaqo yiroq, o‘qituvchi va shifokorlarga qo‘shimcha daromad keltirmaydigan majburiy mehnat turi hisoblanadi.

«Tumanimizning Markaziy Farg‘ona cho‘llarida yerlari bor, o‘qituvchilar o‘sha yerda 10 kun yotoq sharoitida ko‘sak qurtini terishdi»,- deydi eltuz.com muxbiriga yaqin manba.

«Navbatdagi guruh yana 10 kunlik yotoqqa jo‘natildi» – deydi suhbatdosh. Guruhdagi chekankachilarning barchasi ham oliy ma'lumotli o‘qituvchilar emas, ularning orasida maktabda farrosh, qorovul, bog‘bon, laborant bo‘lib ishlaydigan xodimlar ham bor.

Uchko‘prik, Bag‘dod, Buvayda tumanlari Xalq ta'limi bo‘limi mudirlari bilan telefon orqali bog‘langan Eltuz.com muxbiri, aynan o‘qituvchilarning ko‘sak qurti terish va chekankaga jalb qilish masalalari bilan qiziqdi.

Ammo ulardan ijobiy javob ololmadi. Ular tuman hokimlarining “iltimosini” bajarayotganliklari, o‘qituvchilar bugungi kunda mehnat ta'tilida ekanliklari, ular hech qaerga jo‘natilmaganligi haqida yolg‘on axborotlarni taqdim etishdi.

Aslida, birgina Uchko‘prik tumanidagi 18-umumta'lim maktabi o‘qituvchilari mehnat ta'tilidan majburiy ravishda chaqirib olinganliklari va ko‘sak qurtidan keyin chekankaga deya yana dalaga jo‘natilayotganliklari uchun norozilik bildirishgani ma'lum.

Buvayda tumanidagi maktab o‘qituvchilari esa tumanning Qozoqovul degan cho‘l hududida chekankani boshlab yuborishgan, oldinda ularni paxta terimi kutayapti.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 oktyabr 2019
Jamoatchilik fikri. Nima u? Katta xolangning yelim kavushimi? Tog‘ang devoriga osib qo‘ygan pilta miltiqmi? Nima o‘zi u?Inglizcha qisqagina «Public ...
26 mart 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi ayni ...
13 noyabr 2022
Asarlari millionlab dollarga sotiladigan zamonamizning eng taniqli tirik rassomi Benksi Ukrainaning Rossiya varvar bosqinchilari vayron qilgan Borodyanka qishlog‘iga atay ...
2 mart 2016
Mehnatkashlar huquqi Xalqaro Forumi (ILRF) 2016 yil Mehnatkashlar huquqi himoyachilarini mukofotlar bilan taqdirlashi haqida e'lon qildi, ular orasida o‘zbek ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...