Kundalik
20 iyul 2016

Sitora, Sarvar va Komillar litsenziyadan mahrum qilindi

19 iyul kuni «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi Matbuot xizmati taniqli xonandalar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarning litsenziyasi tugatilganini bildirdi.

Matbuot xabarida «Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016 yil 19 iyuldan tugatilganligi» bildiriladi.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi san'atkorlar faoliyatini bir qolipga solishga urinib keladi.

Bundan ilgari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilfuza Rahimova, «Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo‘jaev, xonanda Dilshod Rahmonov, «Ummon” va «Mango” guruhlari xonandalari, Tamilla litsenziyadan mahrum qilingandi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Izzatilla Ibragimov, Sobirjon Mo‘minov, Alisher Turdiev, Ravshan Komilov, Toir Qo‘ziev, «Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullaeva va xonanda Farhod Saidovlar esa qattiq ogohlantirishlar olishgandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shuningdek bugungacha mazkur tashkilotdan 3 mingdan ortiq xonanda va sozandalar, boshlovchilar litsenziya olishga ulgurgan.
“O‘zbeknavo” odatdagidek, Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarning litsenziyasi nima uchun muddatidan avval tugatilayotgani, ular qaysi talabni buzganiga aniqlik kiritmagan.

Biroq, Internet tarmoqlarida tarqalgan ma'lumotlarga ko‘ra, Sitora Farmonovaning Rossiya telekanali ko‘rsatuvida paydo bo‘lgani, KVNdagi qirg‘iz jamoasi tomonidan “o‘zbekistonlik aktrisa Yevropaga o‘ziga er qidirib kelgani. Uni bunga o‘zbek eri majbur qilgani”, qabilidagi hazillari litsenziyasidan mahrum bo‘lishiga sabab bo‘lgani aytiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 noyabr 2018
O‘zbekistonda shu yilning 16 noyabridan elektr narxi 44,79 foiz oshirildi. Bu haqda xabar bergan «O‘zbekenergo» aktsionerlik jamiyati rasmiy saytiga ...
5 iyul 2018
Muhammad Bekjon o‘z kitobining navbatdagi bobida 2003 yilning 8 mayidagi voqealarni tilga oladi. O‘sha kuni u «Frans press», IWPR, ...
18 may 2023
1914 yilning 18 mayi deya tarix yozilgan bu surat markazida turgan Abdullabekning evarasi, shu kunlarda Toshkentda yashayotgan Umida Haqnazar ...
30 avgust 2016
Keyingi uch kun ichida, Karimovning miyasiga qon quyilgani va o‘lgani haqida Internetda xabarlar paydo bo‘ldi, shu munosabat bilan Chexiyadan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...