Asosiy mavzular
25 avgust 2016

Bayramda xalqning zanjiri yanada kaltalanadi

«Toshkent oqshomi» gazetasida (23.08.2016) O‘zA muxbirining ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari bilan suhbati bosildi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ichki ishlar idoralarining barcha xodimlari jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning, tahdid va xatarlarning oldini olishga safarbar qilingan va tegishli profilaktik ishlar bajarilmoqda.

«Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari faol ishtirok etmoqda», deyiladi maqolada.

Vazirlik vakili «bayram arafasida va bayram kunlari poytaxtga kirib kelayotgan transport vositalari qatnovi biroz cheklanishi mumkinligi»dan ogohlantirgan.

Maqolada shu kunlarda poytaxtda propiskasi bo‘lmaganlarni ovlash va ularni Toshkentdan quvish, ichki ishlar xodimlarining hatto xususiy xonadonlargacha hech qanday asossiz kirib ko‘zdan kechirayotgani qanchalik qonuniy asosga egaligiga oydinlik kiritilmagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ girdini ham ontarib qaraydi. ...
18 yanvar 2021
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, yaqin-yaqin zamonlarda yot bosqinchilarning yuz yildan ko‘proq vaqt davom etgan mustamlakasidan ...
15 oktyabr 2018
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudida 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan apellyatsiya mahkamasi aka-uka dindorlar – 56 yashar Abrol ...
29 avgust 2023
Markaziy osiyo mamlakatlari diplomatlari ba'zan o‘zlarini davlatning o‘zga mamlakatlardagi elchilari ekanini unutib qo‘yishadi. BMT minbarida bo‘lsin, yo boshqa joyda ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...