Asosiy mavzular
26 avgust 2016

«Bag‘dodda hamma yoq tinch!»

Bag‘dod tumani mahalla faollaridan biri, eltuz.comga har bir qishloqda yashovchi 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan har uch kishi bir kundan navbatchilik qilishi haqida topshiriq olganini aytdi.

«Mahalla fuqarolar yig‘iniga navbatchilar ro‘yxati va ularning qaysi kuni navbatchilikka turishi haqidagi jadvalni berdik», deydi bag‘dodlik faol.

Uning so‘zlariga ko‘ra, navbatchilar kechki soat 20 dan ertasi kuni tonggi 5 gacha qishloqqa kirib chiqayotganlarga ko‘z-quloq bo‘lib turishi kerak. Har bir qishloqqa kirish yo‘li nechta bo‘lsa, hammasi “post”ga aylantirilgan.

«Masalan bizning qishloqqa kirish yo‘li asosan uchta, demak to‘qqiz nafar kishi bir tundan navbatchilik qiladi. Yana bizga “yuqori”dan, navbatchilik ichki ishlar, prokuratura tomonidan tekshirilishi, agar biror “post”da navbatchilar bo‘lmasa, o‘sha mahalla aholisi (asosan erkaklar) jarimaga tortilishi haqida aytishdi».

Har qishloqqa uch qorovul

26 avgustga o‘tar kechasi, ismi va qishlog‘i sir qolishini istagan yana bir suhbatdosh telefon orqali navbatchilik yaxshi o‘tayotgani haqida gapirib berdi.

«Ha uch kishimiz, – dedi suhbatdosh, so‘rida yotibmiz. Hozircha qishloqqa begona hech kim kirmadi. Soat tongi 4 gacha shu yerda bo‘lar ekanmiz».

Farg‘ona viloyatining birgina Bag‘dod tumanida 80 ga yaqin qishloq bor. Viloyatning o‘zi 15 tumanga ajratilgan. Biroq har bir eshigiga qorovul qo‘yilgan joy birgina Bag‘dod emas.

Farg‘ona viloyatida barcha tuman va shaharlarida 20 avgustdan 20 sentyabrgacha navbatchilik tashkil etilgan.

Vaziyat butun mamlakatga taalluqli

O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ayni tadbirlar butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilmoqda.

Hususan 23 avgust kuni, Ichki ishlar vazirligi rasmiy matbuotga, bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etayotganini bildirdi.

«Begona va shubhali kishilardan qo‘riqlayapmiz qishloqlarimizni», deydi ayni topshiririqni olgan mahalla faoli. Uning so‘zlariga ko‘ra, bayram arafasida bunday kuchaytirilgan holat, maktab va kollejlarda, bank va shifoxonalar, xullas hamma yerda hukm suradi.

Rasmiylar, uzluksiz navbatchilik terror hujumlarini oldini olish uchun ekanligini aytishadi.

Biroq, maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan aholini «navbatchilikka» ommaviy jalb etish choralari qanchalik samara berishi mumkinligi savol ostida qolmoqda.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 may 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Matchonboy sen nega qo‘lingga garmon olding. ...
3 may 2019
O‘zbekistonda Moskva rasmiy nuqtai nazarini targ‘ib qiluvchi Vesti.uz sayti  30 aprel kuni 18 nafar madaniyat arbobi imzosi ostidagi rus ...
5 may 2015
Institutning birinchi kursida o‘qiganim 1980 yilda mang‘itlik shoir Mansur Axmedov bilan jo‘ra edik. Mansur Axmedov bir kuni menga Abdulla ...
24 mart 2016
“Adolat” gazetasi internet madaniyati va axborot xavfsizligi masalalariga bag‘ishlab Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lib o‘tgan tadbir haqida xabar ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...