Kundalik
21 sentyabr 2016

Surat Ikromov: «Qonunsiz yurt qaroqchilar mamlakatiga aylanadi»

O‘zbekiston Ichki ishlar organlari haqida qonun qabul qilinishi ortidan, Ichki ishlar vazirligi tizimida kadrlar almanishi kuzatilmoqda.

Biroq, ekspertlar fikricha bu qabul qilingan qonunni mustahkamlash uchun emas, balki alashinayotgan hokimiyatni mustahkamlash uchun qilinayotgan amallarning davomidir.

20 sentyabr kuni, chinozlik Inobat Mirzaevaning uyiga avtomatlar bilan qurollangan 14 nafar militsiya xodimlarining bostirib kirgani, uy egasi nabiralarining ko‘zi oldida hushidan ketgani haqida O‘zbekiston Mustaqil Huquq himoyachilari Tashabbus guruhi (O‘MHHTG) raxbari Surat Ikromov xabar tarqatdi.

Axborotda ayni voqea, Ichki ishlar organlari haqidagi qonun imzolanganidan keyin yuz bergani alohida ta'kidlanadi.

«Ahvol o‘zgarmagan, eski hammom eski tos», – deydi huquq faoli Surat Ikromov. – Garchi qonun faqat imzolangan va olti oydan keyin kuchga kirishi kutilsada, unga amal qilish militsiya xodimlariga allaqachon tushuntirilishi kerak edi».

Huquq faolining fikricha bu qonun mamlakat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egadir.

Biroq, O‘zbekistondagi uzoq yillik tajribasidan kelib chiqib u, birdan eyforiyaga ham berilmaydi.

Qonun kuchga kirganidan keyin ham uning amalda ishlashi uchun ikki-uch yil hukumat raxbarlari, jamoatchilik vakillari birgalikda ancha ter to‘kishlari lozim bo‘ladi.

«O‘zbekistonda Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonun allaqachon, 25 yil burun qabul qilinishi kerak edi. Bunday qonunsiz mamlakat, o‘rta asrlardagi, qaroqchilar va yovvoyilar mamlakatiga aylanadi», deydi u Eltuz.com nashriga bergan intervyusida.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 oktyabr 2024
Ichida Komil Allamjonov bo‘lgan yo‘ltanlamasga o‘q uzishda gumonlanganlardan biri ushlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 27 oktyabr kuni ...
22 sentyabr 2023
Chustda zaharlangan bolalar soni bir necha yuz nafarni tashkil etmoqda. Tuman kasalxonasidagi barcha bo‘limlar bo‘shatilib joy xozirlanmoqda.  Hattoki, yaqin ...
28 fevral 2024
«Farengoforte» savdo brendi ostida sprey dorivor vositasini qadoqlash jarayoni aks etgan videoning Eltuz telegram kanalida  chop etilishi ortidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari ...
8 fevral 2022
2022 yil 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi mahalliy bloger Sobirjon Boboniyozovni O‘zbekiston prezidentini haqorat qilishda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...