Asosiy mavzular
2 dekabr 2016

Zarafshon: Sovuq hammani shoshirib qo‘ydi

Ayrim viloyat gazetalari ehtiyotkorlik bilan imkon qadar dadillikka qo‘l urayotganga o‘xshaydi. Samarqandda chop etiladigan «Zarafshon» gazetasining internetdagi sahifasida bu fikrimizga javob topgandik bo‘ldik.

Bu gazetada o‘tgan kunlarda O‘zbekistonda hukm surgan sovuq havo Samarqandda issiqlik bilan ta'minlash borasidagi muammolarni yaqqol namoyish etgani haqidagi maqola e'lon qilindi.

Unda yozilishicha, 24 noyabrga o‘tar kechasi Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarga issiqlik berilgach, quvurlarla ko‘plab nosozliklar borligi ko‘rinib qolgan.

«Eng yomoni, Samarqand shahriga issiqlik berilgan kunning ertasiga biz ana shunday nosozliklarni juda ko‘p uchratdik. Bu esa na uy-joy mulkdorlari shirkatlari va na «Issiqlik manbai» davlat unitar korxonasida mavsum uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilganini anglatadi», deyiladi maqolada.

Ma'lum bo‘lishicha, har yili 5 noyabrda «Issiqlik manbai» korxonasi tomonidan sinash uchun quvurlardan issiq suv yuborilgan. Bunda nosozliklarni aniqlab olib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Ammo joriy yilda ana shu ishlar amalga oshirilmay, qattiq sovuq boshlangach, kutilmaganda issiq suv berilib, muammolarni keltirib chiqargan.

Muallif har yili 15 noyabrgacha aholini issiqlik bilan ta'minlash bo‘yicha shahar hokimining farmoyishi chiqqani, lekin bu yil farmoyish hali ham yo‘qligini ta'kidlaydi.

«Issiqlik manbai» davlat unitar korxonasi rahbari Yoqub Qurbonov korxona tomonidan shahardagi 776 ta ko‘p qavatli uyga issiqlik yetkazilishi kerakligi, amalda esa 176 ta ko‘p qavatli uyga issiqlik uzatilayotganini bildirib, korxonaga bog‘liq bo‘lmagan omillar bunga sabab bo‘layotganini bahona qilgan.

Maqolada Samarqandning Farhod shaharchasi hatto «Issiqlik manbai» korxonasi balansidan chiqib ham ketgani, Kimyogarlar shaharchasida esa uylar so‘nggi marta 2007 yilda issiqlik bilan ta'minlangani oshkor etilgan.

Muallif issiqlik bilan ta'minlashda shaharda elektr energiyasi ta'minotida tez-tez sodir bo‘lib turadigan uzilishlar ham sabab bo‘layotgani haqida yozadi.

Umuman, O‘zbekiston shaharlaridagi (Toshkentdan tashqari) ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan ta'minlash masalasi ko‘p yillar davomida yechilmay kelayotgani, shuncha «ulkan muvaffaqiyatlar, keng ko‘lamli islohotlar, farovon hayot, mislsiz iqtisodiy o‘sish»larga qaramay, soha ayanchli ahvolda ekani ko‘pchilikka sir emas.

Garchi «Zarafshon» gazetasi bu muammoning asl siyosiy va iqtisodiy sabablariga to‘xtalmagan bo‘lsa-da, uni ko‘tarib chiqqanining o‘ziyoq agar nashr shu yo‘nalishdagi sa'y-harakatlarini to‘xtatmasa, xalq o‘zi axtarib o‘qiydigan gazetada aylanishiga umid uyg‘otadi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 dekabr 2015
Marg‘ilonning To‘qimachilar kombinati shaharchasining ko‘pqavatli uylarida yashovchi ikki yuzga yaqin odam gaz yo‘qligidan norozilik bildirib, ko‘chaga chiqdi. 18 dekabr ...
9 sentyabr 2022
Kitob ilm manbai. Kitobdan o‘zga do‘st yo‘q. Siz bir odamning to‘yiga borib konvertda ming dollar berganingizdan ko‘ra, Teodor Drayzerning ...
28 dekabr 2023
Sizga aytmoqchi bo‘lganim voqeani «Otalar so‘zi aqlning ko‘zi» degan  TV formatda hikoya qilsam. Tasavvur qiling, bir ko‘zoynak kiygan marg‘ilon ...
31 mart 2018
Oliy Majlis Senati 29 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) to‘g‘risida»gi qonunni tasdiqladi. Mazkur qonunga ko‘ra, DXXga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...