Asosiy mavzular
22 dekabr 2016

Toshkentda to‘rt nafar dindor sud qilinmoqda

21 dekabr kuni Toshkent shahar sudida Davron Norboev hakamligida diniy ekstremizmda ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs ustidan sud davom etdi.

O‘zbekiston Mustaqil Huquq Himoyachilari tashabbus guruhi (O‘MHHTG) raxbari Surat Ikromov surishtiruvda sudlanuvchilarning ayblari o‘z isbotini topmayotganini bildirdi.

Barcha sudlanuvchilar Toshkent ShIIB tomonidan 2016 yilning avgustida hibsga olingan, ularga «15 sutkalik» jazo rasmiylashtirilib, tergov xibsxonalarida qiynoqlarga tutilgan, tergovda uydirilgan ayblar bo‘yicha ishlar tuman sudlarida ko‘rilgani aytiladi O‘MHHTG press relizida.

Shuningdek, Huquq himoyasi tashkilotining bildirishicha, diniy ekstremizmda ayblanayotgan A. A. Usmonov, A.R. Usmonov, Sh. Shomahmudov, H. Rizaevlar noqonuniy diniy, ayirmachi yoki fundamentalistik tashkilotlar tuzish, ishtirok etish, shuningdek jamoat havfsizligi va tartibiga havf soluvchi materiallar tarqatish, konstitutsion tuzumga tajovuz va terrorizmda ayblanishmoqda.

Diniy mahkumlar eng ko‘pchilikni tashkil etadi

O‘zbek turmalarida diniy mahkumlar soni, sobiq sovet respublikalaridagi raqamlarni qo‘shib hisoblaganda ham eng ko‘pchilikni tashkil etadi.

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston jazoni o‘tash muassasalarida 10 ming nafargacha bo‘lgan diniy mahkumlar qolmoqda.

Ularni odatdagidek, qandaydir ekstremistik tashkilotlarga mansublikda ayblashadi, amalda esa bu diniy adabiyotlarni o‘qiganlik va ularni birgalikda o‘rganganliklarini anglatadi.

Odatda «dindorlar»ga qo‘yilayotgan ayblov xulosalarida ayblanuvchilarning aynan qaysi jinoyatni sodir etganligiga aniq javob yo‘q. Ularning ortiqcha taqvodorliklari ekstremistik tashkilotga mansubliklarining asosiy isboti hisoblanadi.

Diniy ma'ruzalarni tinglaganliklari uchun…

21 dekabr kuni davom etgan sud ayblovlarida ham, barcha sudlanuvchilar Abduvali qori Mirzaev va boshqa taniqli din arboblarining yozuvlarini tinglashgani asosiy dalil sifatida ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, imom Abduvali Mirzaev 1995 yili, islomiy anjumanda ishtirok etish uchun Moskvaga uchish oldidan Toshkent aeroporti pasport nazoratida maxsus xizmatlar tomonidan ushlangan. Shundan keyin uning keyingi taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Toshkent shahar sudida boshlangan sud majlisi 2017 yilning 4 yanvaridan davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 avgust 2016
Rassom: Tuz Eltuz.com
6 fevral 2019
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi 4 fevral kuni o‘zbekistonlik 40 nafar yo‘lovchi mingan, ikki nafar qozoq haydovchisi boshqaruvida bo‘lgan avtobus ...
20 fevral 2017
Tug‘ruqxona hamshiralari poraxo‘r deya tamg‘alanayotgan bir paytda,2016 yili avtosanoatdagi 200 million dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanib, bir muddat hibsda saqlangan O‘zavtosanoat ...
19 aprel 2018
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan «Damas» avtomobilining narxi oxirgi uch yilda ikki baravar oshib, 50 mln so‘mga yetgan bo‘lsa-da, hali-hamon ochiq ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...