Asosiy mavzular
23 dekabr 2016

Viloyat hokimi majlisida svet o‘chib qoldi

Farg‘ona viloyat hokimining tumanlarda o‘tkazayotgan majlislarda chiroq o‘chib qolib, majlis ahli lampa chiroq, qo‘l fonarlarini yoqishga majbur bo‘lishmoqda.

Tumanlarning hokimlarini birin-ketin almashtirish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida majlislar o‘tkazayotgan viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev tumanlarda energiya tanqisligini o‘z tanasida his qilishiga to‘g‘ri keldi.

Xalq bilan uchrashish uchun 14 dekabr kuni Buvayda tumaniga kelgan viloyat hokimi yarim soatdan ortiq chiroqsiz o‘tirdi.

«Bu birinchi marta bo‘layotgani yo‘q», – dedi G‘anievga hamroh bo‘lib yuradigan mulozimlardan biri Eltuz.com muxbiriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra bundan ilgari, paxta paytida Oltiariq, Rishton, Quva, Bag‘dod, Beshariq tumanlarida ham majlislar ko‘pincha Xitoyda ishlab chiqarilgan lampa chiroqlar, qo‘l telefonlarining fonarlari yorug‘ida o‘tkazilgan.

Ayniqsa, kunlar sovishi bilan bu hol ko‘p takrorlanmoqda.

Marg‘ilon, Buvayda, Oltiariq, Quva, Dang‘ara tumanlarida o‘tgan faollar yig‘ilishida viloyat hokimi jami beshta hokimni almashtirdi.

Shuhrat G‘anievning o‘zi 2012 yilning dekabrida, Islom Karimov farmoni bilan Farg‘ona viloyati hokimligiga tayinlangan, undan ilgari viloyatning avvaligi hokimi Hamidjon Ne'matov ishdan bo‘shatilgan edi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 mart 2020
Tuman markaziga borib keldim. Ishim bor edi. Qalampir va pomidor ko‘chatlar sotyapti ekan. «Pomidor ko‘chati yetti donasi ming so‘m», ...
13 oktyabr 2015
Bugun internet sahifalarida nik ostiga yashirinib vohay o‘ldim deb zorlanayotganlar o‘zgarish yo‘lida bir qadam tashlashga qo‘rqadilar. «Bundan ham yomon ...
5 mart 2021
Qarg‘algan millati ho‘kizday ishlab,Rahmatning o‘rniga eshitar minnat,Bor-yo‘g‘ini dunyoning poyiga tashlab,“O‘g‘ri” deb nom olar qarg‘algan millat.Qarg‘algan millatning kelajagi tul,Daryolari qurib, ...
11 may 2020
Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida suv bosgan uy tomidagi sigir videosi ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi. Suv bosqini oqibatida 1 may ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...