Kundalik
18 yanvar 2016

Sudlanuvchi Aramaisning turmush o‘rtog‘i yo‘qolib qoldi

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Bugun Jizzaxda IShIDga aloqadorlikda ayblanayotgan armani millati va nasroniy diniga mansubligi aytilayotgan jizzaxlik Aramais Avakyanning sudi davom etdi. Biroq ayrim sud ishtirokchilari va sudlanuvchilarning yaqinlari bilan aloqa uzilgani turli havotirlar uyg‘otmoqda.

Xususan, shu kunlarda sudi bo‘layotgan jizzaxlik fermer Aramais Avakyanning turmush o‘rtog‘i Shirin Tursinova, 18 yanvar kuni Paxtakor tumani xokimligi vakillarining taklifi bilan, tuman xokimiyati binosida soat ertalabki 10 ga belgilangan uchrashuvga ketganicha, boshqa aloqaga chiqmadi.

Shirin Tursinova, turmush o‘rtog‘ining o‘tgan yili 4 sentyabrda, niqobli maxsus xizmat xodimlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgani va tergov davomida qattiq qiynoqqa solingani xaqida xorijiy ommaviy axborot vositalariga gapirib keladi.

Shu kunlarda, Konstitutsion tuzumga tajovuz qilish, taqiqlangan tashkilotlar tuzish va qo‘poruvchilik kabi og‘ir ayblovlar bilan sudlanayotgan Aramais Avakyan esa, o‘tgan xafta bo‘lib o‘tgan sud majlisida o‘zining aybsizligini va tergovda qiynoqqa solinganini aytgan edi.

Aramaisni yaxshi tanigan va tuman xokimiyatiga yaqin bo‘lgan manbaalarga ko‘ra, fermer Aramais va uning ishchilarining boshiga tushgan ko‘rguliklarga uning baliq yetishtiruvchi xo‘jaligi sabab bo‘lgan.

Paxtakor tuman xokimi G‘ofur Qarshiboev bir necha marta Aramaisga, baliq xo‘jaligini topshirishni talab qilgan, ammo fermer xokimga, baliq xo‘jaligiga sarflagan xarajatlari to‘liq qoplangani taqdirdagina xo‘jalik xujjatlarini topshirishini aytib kelgan.

“O‘g‘limning baliq xo‘jaligini tortib olish uchun mana shunday o‘yinlar chiqarishdi” deydi Aramaisning onasi Flora Sakunts.

4 sentyabrdan beri hibsda qolayotgan jizzaxlik fermer Aramais va uning sheriklari ustidan sud 6 yanvar kuni boshlangan edi.

Bugun 18 yanvar kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida Aramais Avakyan va uning sheriklarining navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tayapti, biroq bu majlisga Aramaisning turmush o‘rtog‘i Shirin kelmadi. Chunki uni bugun Paxtakor tumani xokimiyati vakillari “maslaxatli ish bor” degan baxona bilan uchrashuvga chaqirishgandi.

Shirin bizga ertalab aloqa chiqdi va “Tuman xokimi men bilan bir nimalar xaqida gaplashmoqchi ekan, maxalla raisi orqali menga ertalab soat 10 da xokimiyatga kelishimni aytishdi” dedi.

Mana oradan 5 soat vaqt o‘tdiki, Shirin boshqa aloqaga chiqmadi. Soat 2 ga belgilangan sud majlisida xam Shirinni ko‘rishmagan.

Tag‘in o‘qing
11 fevral 2020
Ijtimoiy tarmoqda «Ilhom» teatridan binoning olib qo‘yilishiga qarshi norozilik ortidan 11 fevral kuni Madaniyat vazirligi teatrning o‘z o‘rnida qolishini ...
9 yanvar 2018
6 yanvardan instagram va feysbuk sahifalarida stixiyali tarzda o‘zbeklar do‘ppi fleshmobini boshlashdi. Unga tarmoqda boshqa millatlar ham qo‘shilishdi. Zardo‘ziyu ...
4 may 2023
Turkistonni ishg‘ol qilgan rus bosqinchi generali fon Kaufmanga Toshkentning bosh xiyobonida 1913 yilning 4 mayida yodgorlik o‘rnatilgan edi. Ushbu ...
25 fevral 2020
Cotton Campaign xalqaro koalitsiya delegatsiyasi 2020 yil 28 yanvardan 5 fevralgacha O‘zbekistonda bo‘lib, hukumat a'zolari va huquq himoyachilari bilan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...