Kundalik
27 iyun 2017

“Biz paxta terimidan voz kecha olmaymiz”

HRW va «O‘zbekiston Germaniya Forumi»ning “Biz paxta terimidan voz kecha olmaymiz” nomli hisobotda O‘zbekiston hukumati 2015 va 2016 yillarda talabalar, o‘qituvchilar, tibbiy xodimlar, boshqa davlat idoralari xizmatchilari va xususiy soha vakillarini paxta yig‘im-terimida qatnashishga hamda 2016 yil bahorida ularni paxta dalalaridagi chopiqqa va yaganaga majbur qilgani haqida so‘z yuritiladi.

Hisobotga majburiy mehnatdan jabr ko‘rganlar bilan intervyular, hukumatdan sizdirilgan hujjatlar va hukumat rasmiylari bayonotlari asos qilib olingan. Unda Jahon banki loyihasiga kirgan bitta hududda kattalar va bolalar majburiy mehnatidan foydalanish holatlari hujjatlashtirilgan, shuningdek, Jahon bankining O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan boshqa loyihalari ham muntazam davom etib kelayotgan majburiy mehnat holatlari bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli yuqori ekani, chunki bunday huquqbuzarliklar tizimli tusdaligi ko‘rsatib beriladi. Bundan tashqari, hisobotda Jahon bankining mamlakat qishloq xo‘jaligigi boshqa loyihalarida bolalar mehnatini qo‘llash ehtimoli sezilarli darajada yuqoriligi bildirib o‘tiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan katta miqdorda paxta xarid qilayotgan kompaniyalar, hech bo‘lmaganda qisman majburiy mehnatdan foydalanib yetishtirilgan mahsulotni olayotgani ehtimoli yuqoridir.

Mazkur hisobotda aytilishicha, hukumat ko‘p hollarda amaldorlari vositasida o‘z fuqarolarini ular paxta dalalarida ishlashdan bosh tortgudek bo‘lsa, ishdan bo‘shatish, qonun bo‘yicha olishga haqli bo‘lgan bolalar uchun nafaqalar va boshqa to‘lovlardan mahrum etish yoki maktab, kollej va universitetlardan haydash bilan tahdid qilib keladi.

O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini, ayrim hollarda bolalarni paxta dalalarida majburan ishlatish amaliyotiga chek qo‘ymaguniga qadar Jahon banki ushbu mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasini moliyalashtirishni to‘xtatishi lozim. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish orqali Jahon banki amalda hukumatning suiiste'mol qilish faktlarini yashirishga zamin yaratib, mas'ul kompaniyalar va hukumatlar o‘rtasida O‘zbekistondagi inson huquqlari borasidagi holat yuzasidan chalkashliklar keltirib chiqaryapti.

Yakuniy hisobotning batafsil tahlilini bu yerda o‘qing.

Tag‘in o‘qing
3 oktyabr 2019
«Toshkentga yurish» qilgani uchun qamalgan 56 yashar shoir Mahmud Rajab o‘n kunlik hibsdan so‘ng 3 oktyabr kuni mahalliy vaqt ...
29 mart 2022
Toshkentlik bloger 37 yoshli Aqida Mohirova (Aqida Xanum)  o‘z bisotidagi eng qadrli suvratni sotib rus bosqinchilari qamalida qolayotgan Ukrainaning ...
5 aprel 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Andijon, Surhondaryo, Toshkent va O‘zbekistonning Qozog‘iston hamda ...
15 may 2018
Mirziyoevga «O‘zbekiston qahramoni» unvoni berish haqida ijtimoiy portalga qo‘yilgan Ibrohim Norovning taklifini 14 may kuni birdaniga bir necha o‘zbek ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...