Asosiy mavzular
4 sentyabr 2017

Muhammad Solih Interpol qidiruv ro‘yxatidan chiqarildi

O‘zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solih Interpol qidiruv ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Muhammad Solihning o‘zi Eltuz muxbiriga aytib berdi.

Solihga ko‘ra, o‘tgan hafta O‘zbekiston ichki ishlar vazirligiga oid binolarda osilgan qidiruv ro‘yxatlaridan uning va ukasi Maqsud Bekjonning ismi olib tashlangan.

Solihning aytishicha, Interpol qidiruv ro‘yxatidan ham uning ismi olib tashlangan.

Eltuz muxbiri yakshanba kuni Intrepolning internetdagi sahifasiga kirib, haqiqatdan ham Muhammad Solihning ismi yo‘kligini ko‘rdi. O‘tgan hafta ayni sahifada Muhammad Solihning ismi qidiruv ro‘yxatida mavjud edi. Hozir Turkiyada istiqomat qilayotgan 68 yashar Muhammad Solih 1999 yil Toshkentdagi fevral portlashlari ortidan 15,5 yilga hukm qilingan va xalqaro qidiruvga berilgan edi.

2001 yili u o‘zbek hukumati so‘roviga ko‘ra, Praga aeroportida ushlangan, biroq, Praga sudi ish siyosiy dastaklanganini hisobga olib Solihni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish qaroridan voz kechgan edi.

Karimov o‘limidan so‘ng, O‘zbekiston siyosiy rejimida ozroq yumshash kuzatilmoqda.

Shu yilning fevralida Solihning ukasi Muhammad Bekjon 17 yillik jazodan so‘ng turmadan ozod qilindi. Uni fevral portlashlariga aloqadorlikda ayblab qamashgan, biroq bu ayblov hech bir isbotini topmagan edi.

1990 yili Muhammad Solih «Erk» Demokratik partiyasiga asos soldi. U O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan Islom Karimovning yagona real siyosiy muxolifi hisoblanadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2024
May ichsang, oqilu dono bilan ich, Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich. Oz-oz ich, goh-goh ich, yo yashirin ...
14 aprel 2017
O‘zbekiston matbuoti, ilk bor mijozlarning mobil operatorlarga qaramligi masalasini ko‘tardi. O‘zbekistonda mobil aloqaning qimmatligi, operatorlar xizmati sifati pastligidan shikoyat ...
5 noyabr 2023
Andijon viloyatidagi Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan bolalarning kaltaklanganligi yuzasidan surishtiruv boshlandi. 4 noyabr kuni Eltuzning telegram kanalida Qo‘rg‘ontepadagi Muruvvat uyida ...
8 mart 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...