Asosiy mavzular
11 mart 2019

Farg‘onalik 8-sinf o‘quvchisi o‘g‘il tug‘di

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi 16-o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi 7 mart kuni chaqaloqli bo‘ldi.

Bu maktab tumandagi Karimbobo qishlog‘ida joylashgan.

-7 mart kuni shu gap tarqaldi, – dedi qizning qo‘shnilaridan biri. – Onasi uni avval qo‘shni Buvayda tumani kasalxonasiga olib borgan. Hamma ko‘richak bo‘lib qoldi, deb o‘ylabdi. Keyin tekshiruvlar natijasida qizning oy-kuni yaqinlashgani, u homilador ekanligi aniqlanibdi. 4 kiloyu 700 grammli o‘g‘il bola tug‘ilibdi. Hozirda qizni viloyat perinatal markaziga olib ketishibdi. O‘sha yerda tekshiruvlar o‘tkazilar ekan. Maktab arining uyasidek bo‘lib yotibdi.


Guvohlarning aytishicha, qiz to‘qqiz oy mobaynida maktabga qatnab yuravergan. Hech kim uning homiladorligini bilmagan. O‘zi semirishga moyilroq, pakanaroq qiz bo‘lgani uchun ota-onasi ham semirib ketdi, deb o‘ylashgan.


Chaqaloqning otasi sifatida qiz o‘zining sinfdoshini ko‘rsatmoqda. Ammo 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘g‘il bola “bunday ish” qilmaganligini aytmoqda.

– Endi chaqaloq DNK tekshiruvidan o‘tkazilar ekan, – deydi yana bir qo‘shni, – o‘sha kuniyoq maktabga melisalar, xalq ta'limi bo‘limidan odamlar keldi. Maktab direktori yangi bo‘lgan edi, uniyam melisaxonaga, prokuraturaga, xalq ta'limi bo‘limiga chaqirtirishibdi.


“Qizning dadasi kasalligi uchun Samarqandga davolanishga ketgan ekan. U ham yetib kelibdi. Amakilari Rossiyada ishlarkan. Ular ham kelib “razbor” qilmoqchi. Qiziga yaxshi qaramagani uchun kelinoyilarini ajrashtirib yubormoqchi”, dedi qo‘shni.


Bag‘dod tumani voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi kotibi: “Bu ma'lumot bizga telefon orqali aytildi. Ammo hali yozma shaklda yetkazilmadi. Tartib bo‘yicha komissiyaga o‘sha muassasa rahbari, xalq ta'limi bo‘limi yozma ma'lumot berishi kerak. Hali bizga bu ma'lumot berilmadi. Men ham, o‘z navbatida, bu haqda tuman hokimiga yozma bildirish kiritaman, dedi “Eltuz” bilan suhbatda.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 may 2017
19 may kuni prezident Mirziyoev Buxoroda erkin sayyohlik zonasini yaratish qarorini tasdiqladi. 2980-sonli qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy banki mas'ul ...
21 yanvar 2019
O‘zbekistonlik huquq faoli Yelena Urlaeva 21 yanvar kuni o‘zining 62 yoshga to‘lgan kunini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi binosi oldida hokimlarning ...
12 may 2016
O‘tgan juma kuni Istanbulda o‘z do‘stining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun kunlik uy kiralagan 19 yashar turk qizi o‘sha uyda ...
4 yanvar 2020
Dengizda shamol ko‘tarilarkan, bu shamol kimningdir elkanini shishirib manziliga eltadi. Kimningdir kemasi esa shamolga chiday olmay g‘arq bo‘ladi.  Keyingi bir oy ichida 68 ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...