Asosiy mavzular
9 aprel 2019

Shantajchi podpolkovnik bir ayolni mashinasida bosib o‘ldirdi

Toshkent shahri IIBB podpolkovnigi 38 yashar Umid Qurbonov poytaxtning Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 6 aprel kechasi bir ayolni mashinasida bosib o‘ldirdi.

Telegram kanali orqali tarqalgan videoda katta tezlikda kelayotgan qora «Lasetti» keskin burilib, ikki yo‘l chizig‘ini kesib o‘tgani, yo‘ldan o‘tayotgan ayolni urib yuborib, to‘siqqa urilgani aks etgan.






«Ozodlik» radiosi muxbirining ichki ishlar idorasidagi manbalaridan iqtibos keltirib yozishicha, yo‘l o‘rtasida borayotgan ayolni urib yuborgan shaxs Toshkent shahri IIBB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Umid Qurbonovdir.

22 mart kuni «Eltuz» sayti «bir-birini tanimaydigan qator toshkentlik tadbirkorlar bilan suhbatlari asosida» 2018 yilda Toshkent shahri IIBB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan podpolkovnik Umid Qurbonov haqida tanqidiy maqola chop etgandi.

Maqolada bir-birini tanimaydigan qator toshkentlik tadbirkorlar Umid Qurbonov yangi lavozimga o‘tayotgani iddaosi bilan ta'magirlik qilayotanini iddao etishgan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, avtohalokat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq «Eltuz»ning izoh olish uchun Umid Qurbonov bilan bog‘lanishga urinishlari natija bermadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 sentyabr 2017
Kun karikaturasi ruknida «Eltuz» nashri, 49 yosh o‘zbek rassomi Shavkat Muzaffarning «Prayer» (Iltijo) karikaturasini taqdim etadi. Bugungi kun zehniyati ...
17 iyun 2019
Andijon shahri IIB xodimlari qiynagani haqida gapirgan 2-tug‘uruqxona sanitarkasi 10 sutkaga qamaldi. «Ozodlik» radiosining Andijon IIBdan iqtibos keltirib bildirishicha, ...
28 mart 2019
AQSh Mehnat departamenti o‘zbek paxtasini sotib olinmasligi kerak bo‘lgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi. Bu AQSh o‘zbek paxtasini yetishtirishda bolalar mehnati ...
9 dekabr 2020
Rassom Elsevar karikaturasi. eltuz.com
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...