Catira
12 avgust 2019

Camarqand hokimi BMT tarafidan terrorchi deya e'lon qilinganlarga to‘n kiydirdi

«Tolibon» harakati rahbarining o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda oshig‘ich ehtirom bilan kutib olingani rasmiy Qobul e'tiroziga sabab bo‘ldi.

Ko‘pgina xalqaro ro‘yxatlarda terrorchi deya nomi zikr qilinadigan «Tolibon»ning Dohadagi siyosiy qanoti rahbari Mulla Abdulg‘ani Barodarni 8 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlari vaziri Abdulaziz Komilov aziz mehbon maqomida qabul qildi.

Samarqand hokimi Tolibon harakati rahbariga to‘n kiygazmoqda

Vazirlik xabarida aytilishicha, «Tolibon» harakatining siyosiy ofisi rahbari afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o‘tkazish taklifini astoydil qo‘llagan.

9 avgust kuni BMT tarafidan terrorchi deya e'lon qilinganlardan tarkib topgan «Tolibon» delegatsiyasi Samarqand yaqinidagi Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi va o‘sha yerda juma namozini o‘qidi.

«Tolibon» delegatsiyasiga Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qilgan.

Turdimov afg‘onistonlik jangarilar vakiliga oltin bilan tikilgan to‘n kiydirib, ular sharafiga qo‘y so‘ygan.

O‘zbekistonda «Tolibon» delegatsiyasiga alohida ehtirom ko‘rsatilishi rasmiy Toshkentga Kreml tarafidan berilgan topshiriq ijrosi sifatida talqin qilinmoqda.

«Tolibon» so‘nggi yarim yil ichida Moskvaga ikki bor tashrif buyurib, piligi ko‘tarilgan edi.

Tashriflar Moskvaning Vashington bilan aloqalari o‘ta salbiylashgan davrga to‘g‘ri kelmoqda.

2003 yilda BMT «Tolibon» islom harakatini bir ovozdan terroristik tashkilot deb rasman tan olgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2018
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 aprel kungi tashrifi chog‘ida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonni o‘z ota yurti deya ta'rifladi. «Ota ...
2 iyun 2017
Qoidalar Rossiya prezidentining «2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari» haqidagi 202-son farmoni bilan bog‘liq. Havfsizlik choralariga ...
31 mart 2016
Unda chop etilgan bitta lavhachaga ko‘zimiz tushib, gazetaning saviyasi qanchalik ekani to‘g‘risida o‘zingiz xulosa chiqaring, degan ma'noda uni deyarli ...
5 may 2021
Frantsiyaning qudratli imperatori Napoleon Bonapart 1821 yilning 5 mayida (Napoléon Bonaparte) Avliyo Yelena orolida bandi bir tarzda olamdan o‘tdi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...