Asosiy mavzular
4 mart 2021

Siyosiy mahbuslarga yetgan ziyonni qoplash bo‘yicha komissiya tuzish O‘zbekistonning odil tuzumga o‘tishi garovidir

Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi (FIDH)ning yangi hisobotida O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslarning tovon puli olish huquqi odil sudlov o‘rnatilishiga o‘tish davri jarayonlari negizida ko‘rib chiqilgan.  

Davlat hokimiyati organlariga beriladigan asosiy tavsiya yaqinda ozod etilgan siyosiy mahbuslarga kompensatsiya berish uchun mustaqil komissiya tuzishdir. 

FIDHning “O‘zbekiston: siyosiy mahbuslarning tovon puli olish huquqi” hisobotida mamlakatdagi siyosiy mahbuslarni reabilitatsiya qilish, tovon to‘lash va boshqa turdagi ko‘rgan ziyonlarini qoplash masalalari tahlil qilingan.  

Unda asosiy e'tibor 2016 yilda prezident Mirziyoev iqtidorga kelib, siyosiy rejim o‘zgarganidan so‘ng ozod qilingan siyosiy mahbuslarga qaratilgan. 

Sobiq prezident Islom Karimovning repressiv rejimi davrida ko‘plab  jurnalistlar, inson huquqlari himoyachilari, din va muxolifat arboblari siyosiy sabablarga ko‘ra nohaq hibsga olingan edi. 

O‘nlab yillab qamoq jazosiga hukm etilgan bu mahkumlarning aksariyati Karimov o‘limidan keyin afv qilinishidan oldin qamoqxonada kaltaklangan, qiynoqlarga solingan va inson huquqlarining boshqa shakllarda buzilishi holatlariga duch kelgan.

O‘zbekistonda 2016 yildan buyon iqtidorda qolayotgan va joriy yilda prezidentlik muddati tugayotgan Shavkat Mirziyoev yuzlab siyosiy mahbusni afv etdi va ozod qildi. Biroq ularning faqat uchtasi noqonuniy ayblovlardan ozod qilindi va faqat bittasi (ramziy oqlashdan tashqari) tovon puli oldi. 

“Siyosiy mahbuslarni reabilitatsiya qilmasdan turib ozod qilish tajribasi inson huquqlarini buzish amaliyotining ildiz otishiga yordam beradi.  Mahkumlarni ozod qilishda xalqaro talablarni, jumladan, sobiq mahbuslarning alohida ehtiyojlarini, kasalliklari, keksa yoshda ekanini hisobga olish muhimdir. 

Qatag‘on qurbonlari oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun O‘zbekiston adolat o‘rnatishga o‘tish davri talablari asosida choralar ko‘rishi kerak.  Bu bilan davlat BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashida O‘zbekistonning munosib o‘rni borligini namoyish etadi”, dedi FIDH vitse-prezidenti va “Bir dunyo – Qirg‘iziston” inson huquqlari harakati direktori Tolekan Ismoilova. 

FIDH tomonidan ingliz, rus va o‘zbek tillarida chop etilgan hisobot  mahalliy va xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda o‘tish davri odil sudlovini ilgari surish maqsadida tayyorlangan. 

Hujjatda O‘zbekistonning ozod qilingan siyosiy mahbuslar va ularning oilalari ko‘rgan zararni qoplash bo‘yicha majburiyatlari milliy va xalqaro qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilgan.  

Garchi mamlakat yangi rahbariyatining maqsadlari shaxsiy huquq va erkinliklarni ko‘proq hurmat qilishni ta'minlashni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, hisobotda qatag‘on qurbonlarining ozodlikka chiqqandan keyingi huquqlari hurmat qilinmayapti, degan xulosaga kelingan. 

“Amaldagi hukumatning sobiq siyosiy mahbuslarga munosabati siyosiy o‘tish davridagi boshqa davlatlarning eng sodda amaliyotlaridan ham yiroq. Bu mahbuslarning sanoqli qismigina kechirgan azob-uqubatlarini yengish uchun zarur tibbiy yoki psixologik yordam olishgan. 

Ulardan atigi uch nafari o‘z huquqlarining rasman tiklanishiga erishgan,  ya'ni ular oqlanishgan”, deya ta'kidlaydi FIDHning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti rahbari, hisobot hammuallifi Ilya Nuzov. 

Hisobotda, shuningdek, O‘zbekiston hukumatiga odil sudlov tizimiga o‘tish davrini kechirgan boshqa mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, tizimli zo‘ravonliklar oqibatida jabrlanganlarga tovon to‘lash, o‘tgan yilgi xatolarni bartaraf etish va o‘zaro ijtimoiy ishonchni tiklash tavsiya qilingan. 

Hisobotning to‘liq versiyasini quyidagi ilova orqali yuklab olish mumkin.

O‘zbekiston: siyosiy mahbuslarning tovon puli olish huquqi”

Tag‘in o‘qing
15 fevral 2022
Avvalroq AQSh ma'muriyati Rossiya Ukrainaga istagan payti, shuningdek Olimpiya o‘yinlari payti hujum boshlashi haqida xabar bergan edi. OAV xabarlariga ...
4 noyabr 2021
O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi o‘qituvchilarni kelgusi 2022 yil uchun gazeta va jurnallarga obuna qilish kampaniyasini boshladi. «Eltuz» suhbatdoshlari bu ...
9 iyun 2020
“Uzauto Motors”ning Asakadagi zavodida avtobuslar garajida navbatchi mexanik bo‘lib ishlagan, ikki o‘g‘ilning otasi, 53 yoshli Ahrorbek Sayfiddinov ko‘richakning zo‘rayishi ...
25 sentyabr 2019
Xorazm viloyati televideniesi 25 sentyabr kuni Urganch shahri ma'muriy sudi raisi Dilmurod Ochilovdan iqtibos keltirib, shoir Mahmud Rajabning aybiga ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...