Asosiy mavzular
19 oktyabr 2022

EP 38: Tomlardan chakka o‘tmoqda, o‘qituvchilardan pul yig‘ilmoqda, mahallaning ichimlik suvi yo‘q

«Eltuz portali»ga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan. Lolazor MFYda yashovchi aholi tomidan chakka o‘tayotganidan shikoyat qilmoqda. Eltuzning mobil muxbiri navbatdagi videoni jo‘natdi.
Keyingi shikoyat Farg‘onadan:

Maktab direktori o‘qituvchilarni pul yig‘ib berishga majburlayapti

«Assalomu alaykum men Farg‘ona viloyati Furqat tumani 8-maktab o‘quvchilari nomidan yozyapman.
Maktabimiz direktori Zafarjon domla maktab o‘qituvchilarini har oylik maoshidan 30 000 (o‘ttiz ming) so‘mdan yig‘ib berishga majburlayapti. Gap 30000 pulda emas, yig‘ilgan pullarni qaerga ishlatishiga izoh bermayapti. Demak direktorning cho‘ntagiga yig‘ilyapti. Bu murojatim sizning tarmog‘ingizda chiqishi bilan dirketor 5-6 ta o‘ziga yaqin o‘qtuvchilarni to‘plab raddiya beradi, bu maqolamga. Lekin raddiya bergan o‘qtuvchilarning o‘zini qattiqroq so‘roq qilish kerak, shunda to‘g‘ri gapirishadi. Sektor rahbari va tuman hokimi e'tibor berib qo‘yishsin iltimos.»

“Yer maydoni bir necha yildan beri qarovsiz…”

“Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Navro‘z MFYdan takror murojaat yo‘llayapmiz. 80 gektar paxta maydoni bir necha yildan beri qarovsiz qolyapti. Holbuki, yerning unumdorligi yaxshi. Lekin negadir fermer xo‘jaligi yerga ishlov bermay kelmoqda. Muhtaram Prezidentimiz yerdan unumli foydalanish kerakligini doimiy ta'kidlaydi. Yerni uning qadriga yetadiganlarga berishlarini so‘raymiz”.

Shartnomaga pul tikib uysiz qolgan o‘qituvchi

«Assalomu alaykum. Ismim Arabboeva Ozoda Tashtanovna. 17.01.1961-yil tug‘ilganman. Andijon shahar Buxarskiy ko‘chasida joylashgan Smart Panel hamkor mchj quruvchi Madaminjanov Abdumalik bilan shartnoma asosida ko‘p kavatli uyga to‘lov qilganman. Men 40 yil o‘qituvchilik qildim. Uyimni sotib kengroq kvartira olmoqchi bo‘ldim. Afsus na uyim bor, na to‘lagan pulim. Shartnoma muddati tugadi. Lekin qurilish bo‘lmayapti. Shahar hokimiga bordim. Monapoliyaga qarshi kurashish boshqarmasiga bordim natija bo‘lmadi. Iltimos yordam bering. Uysiz qiynalib ketdik.»

Andijonning Obod mahallasida ichimlik suvi yo‘q

“Andijon viloyati Bo‘ston tumani Obod MFYdan yozmoqdamiz. 7 oyki, yangi suv quduq qurib berilgani yo‘q. Suvni katta yo‘ldan o‘tib, navbat kutib, 1 km naridan olib kelyapmiz. 240 xonadonda suv yo‘q. Viloyat hokimidan iltimos, mahallamiz suv ta'minoti uchun mablag‘ ajrating!”

+++

Bu Eltuz o‘quvchilariga taqdim qilingan bugungi so‘nggi maktub edi. Turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlarni Eltuz Portalining telegram sahifasida o‘qishingiz mumkin. Ularga tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
30 may 2022
Telegramdagi «Eltuz» Portaliga har kuni ko‘plab shikoyat maktublari kelishda davom etmoqda. Ba'zan ularni mustaqil manbalar orqali tekshirish imkoni yo‘q. ...
5 aprel 2023
Buyuk Britaniya boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida Rossiya ishtirok etishidan xavotirlanib, uni boykot qilishga qaror qildi.  Xalqaro boks ...
1 dekabr 2021
Taniqli huquq faoli Umida Niyozova rahbarligidagi Cotton Campaign koalitsiyasi delegatsiyasi 1 dekabr kuni O‘zbekistonga keldi. Ular bir hafta mobaynida O‘zbekiston ...
12 may 2023
Bundan ikki yilcha oldin o‘zbek kinosi rahbarlaridan biri bilan gaplashganimda u mulozim «Stalinni – ulug‘ shaxs» deb aytgan edi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...