Asosiy mavzular
23 avgust 2023

Junchilar kattasi chindan Nodir To‘raqulovdan qo‘rqqanmi?

Sharipov Bahrom Qurbonovich Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan bo‘shatildi.

Oxirgi paytlarda Bahrom Sharipov ishdan bo‘shatilishidan birmuncha avval o‘z lavozimidagi odam qilishi kerak bo‘lmagan jiddiy xatoni qildi.

U raxbarlik qiladigan qo‘mita, O‘zbekipaksanoat uyushmasining boshqaruv raisi Jumaev Olimjon,  «Pillachilikdagi majburiy mehnat haqida» yozgan Kun. uz nashri va iqtisodchi Yuliy Yusupovni sudga berdi.

Nashrga nisbatan da'vo arizasini qaytarib oldi. Ammo maqola muallifiga nisbatan arizani qaytarib olmadi.

Shu kunda yuridik diplomni pora evaziga olganiga ishoniladigan o‘nta jumlada yigirmata xato qiladigan sudyalar mamlakatdagi eng kuchli analitik Yuliy Yusupovni sud qilmoqda.

Uzoq vaqt ipakchilik va jun sanoatini boshqargan Bahrom Sharipovning hozir qamoqda jazo o‘tayotgan sobiq MXX amaldori Nodir To‘raqulov bilan hamkorligi haqidagi faktlar Eltuzda bor.

Nodir To‘raqulov va Bahrom Sharipov “birga biznesmenlarni talashgan, birga reyderliq qilishgan, birga ishrat qilishgan,” dedi Eltuz suhbatdoshi.

U o‘z so‘zi isboti o‘laroq, Eltuzga Bahrom Sharipov va Nodir To‘raqulov tushgan eksklyuziv suratlarini yo‘lladi. 

Eslatib o‘tamiz, “Surxondaryo qassobi” nomini olgan  MXX Tergov boshqarmasi tergov bo‘limining sobiq boshlig‘i, poldpolkovnik Nodir To‘raqulov 2018 yilning 25 oktyabrida 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

U mansab doirasidan chiqish, mansab vakolatini suiiste'mol qilish, pora olish, firibgarlik, tovlamachilik singari 10 dan ortiq moddalari bilan aybdor deb topilgan.

Nodir To‘raqulov O‘zbekiston prezidentining 2018 yilning 19 yanvarida Qiziriqdagi yig‘ilishda MXXning ayni viloyatdagi boshqarmasi faoliyatini keskin tanqid qilgani ortidan Toshkentda qamoqqa olingan edi.

Mirziyoev o‘shanda Nodir To‘raqulov va Shuhrat G‘ulomovlar boshqargan Surxandaryo MXX faoliyatini Stalin davridagi qatag‘onga qiyoslagan edi.

Shavkat Mirziyov Nodir To‘raqulov va uning Surxondaryodagi gumashtalarini “quturgan it”ga qiyoslab, ular “kerak bo‘lsa stolbani ham qamashini” aytgandi.

Nodir To‘raqulovning keyingi taqdiri ma'lum emas, lekin uning yaqin do‘sti Bahrom Sharipovga jin ham urgani yo‘q. Qo‘mita raisligidan ketdi, lekin yaqin orada, katta ehtimol bilan, unga yana katta lavozim beriladi.

“Eltuz” suhbatlashgan manbaning bildirishicha,  Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov aynan To‘raqulov ko‘magida qator ipak korxonalari, xususan, Termizdagi “Surxon Termiz silk” korxonasini “kepak narxida” sotib olgan.

2022 yil fevralida bu boradagi savollarga javob bergan Bahrom Sharipov “qo‘rqqani bois majburan To‘raqulov topshiriqlarini bajargani”ni e'tirof etgandi.

Biroq Bahrom Sharipov “Internetda tarqatilayotgan rasm montaj qilingan. Yuz foiz fotoshop,» deya yolg‘on so‘zlagandi.

Chunki, Eltuz ixtiyorida Nodir To‘raqulov va Bahrom Sharipovning bir nechta fotosurati mavjud.

Fotoshop qilish bo‘yicha britaniyalik yosh mutaxassis ushbu suratlarni tekshirib ko‘rib, ularning haqqoniyligini ma'lum qildi. 

 O‘tgan yil Eltuz bilan suhbatda Bahrom Sharipov Nodir To‘raqulov bilan o‘z jonini saqlab qolish uchun hamkorlik qilganini tan olgandi.

«Men haqiqatan ham Nodir To‘raqulov chaqirsa borganman, biror topshiriq bersa bajarganman. Bunga majbur edim. Oilamni va o‘z jonimni shu yo‘l bilan saqlab yurganman. Nodirning o‘sha vaqtda qilgan ishlarini qoralayman. Nodirning jinoiy xatti-harakatlari uch yil davomida tergov qilindi. Bir yilga yaqin sud jarayoni bo‘ldi. Nodirning harakatlariga qonuniy baho berildi. Agar men Nodirning hamtovog‘i, uning harom ishlarida sherik bo‘lganimda, meni hech kim saqlab qola olmasdi. Xalqni Nodir degan balodan qutqargan muhtaram prezidentimizdan minnatdorman», degandi Bahrom Sharipov o‘shanda.

Biroq Bahrom Sharipovning Nodir To‘raqulov bilan quchoqlashib, kuba sigaralarini po‘rillatib tortib, shodu xurram tushgan suratlarini sinchiklab o‘rganib, Bahrom Sharipov Nodir To‘raqulov bilan nihoyatda yaqin bo‘lganini anglash mumkin.

Eltuz O‘zbekistonda kechayotgan voqealarni yoritishda davom etadi. Videolarimizga layk bosishni, kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.  

Tag‘in o‘qing
11 fevral 2021
Andijonlik fuqarolardan birining aytishicha, u bir necha oydan beri viloyat hokimi qabulga kira olmayotir. Fuqaro omadi chopib uning qabuliga ...
25 noyabr 2016
So‘nggi kunlarda O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar viloyatlarga sayr qilib, saylovchilar bilan uchrashuvlarni avj oldirib yubordi. Bu uchrashuvlarda esa ular qo‘lidan ...
28 iyun 2023
Toshkentlik ayol Dilrabo Sherova akusher-ginekolog Dilya Sataevani 26 haftalik egizak farzandlari o‘limiga sabab bo‘lgan ehtiyotsizlikda aybladi.     25 ...
5 sentyabr 2017
Samarqandlik ikki aka-uka haqida eshitgandim. Hujra ko‘rgan, islomiy da'vosi kuchli yigitlar edi. Taqdir taqozosi bilan ular Suriyadagi jangarilar safiga ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...