Kundalik
15 sentyabr 2015

Gulnoza: «Bu gaplarni yashirishning hojati yo‘q!»

Ushbu suxbatni e'tiboringizga xavola etishdan oldin xozirgi kunda jaxon xamjamiyatining e'tiborini tortayotgan xolat, «Uzbekistonda majburiy mexnat» va «paxta siyosati» xaqida bir bor eslatib utish joiz. «O‘qituvchi va shifokorlar paxta terimiga chiqmaydi» degan xukumatning va'dasiga qaramasdan, joylarda «paxta-2015″ga birinchilardan bo‘lib shu kasb egalari safarbar etildi. Sog‘liqni
saqlash o‘rniga sog‘lig‘idan ayrilayotgan terimchi shifokarlaru, madanyat, ilm-marifat namoyondalari bo‘lmish o‘qituvchilarga nisbatan bo‘layotgan «madaniyatsizliklar», hozirgi kunda gapirmasdan iloji yo‘q mavzu. (Suhbat mualifining feysbukdagi sahifasidan olindi stilistika va orfografiya saqlandi)

Mazkur kasb egalarini majburiy mexnatga jalb eitilgani yetmaganday paxta dalalaridagi shart-sharoitlar xam maqtagulik darajada emas ekan. Biz bilan suxbatda Informatika fani muallimasi Gulnoza.

XPM: Assalomu alaykukm. Avvalombor xormang! Paxta terimlarini ham boshlab olganlaring bilan tabriklayman. Mumkun bulsa biz bilan paxta dalalari, terimchilar sharoiti xaqida urtoqlashsangiz.

G: Xop xarakat qilaman Mana xozir kecha tortilmasdan qolgan paxtalarimmizi tortqizyapmiz. Dalada umuman paxta yo’q. Ertalab mana saxardan paxtaga chiqdik. Men Andijonni Ulug’nor tumanining Do’stlik massividaman. Xammayoq xo’l shamollab qolish xechgapmas. Kap katta xotinlar paxta ko’tarib chiqishadi. Paxtani rasmlaridan jo’nataman. G’oza bir qarich, embalab yurib teryapmiz. Bir pas dam olsek kelib so’kishadi «ter paxta» deb, Abedga makaron, kechga mastava, ertalab buxankayu, ozgina shakar. Choy har doimgidek talash.

XPM: U yerga birorta tashkilor orqali bordilaringmi? Yotoqda qolyapsilarmi, qanday sharoitda?

Gulnoza: Maktabgaa ishga kirmoqchi bo’lgandim, paxtaga borseng olamiz dedi. Hali bir marta ham maosh olganim yoq. Aytishicha 130 ming so’m plastikda pulbo’larkan oylik. Bu pul kimga yetadi hayronman. Bitta tufliga yetadi xolos. Ota onam ham ishlamidi, qaysi biriga yetkazaman hayronman, boshqa ish topaman endi, Yotoqxonalarimizni jonataman suratini, shiyponda palatkada yotipmiz, svet zo’rga xira yoritadi, bitta razvetka bor. Telefonimmi talashib yurib zaryad qilyapman.

XPM: Sheriklaringiz xam sizga uxshab ishga kirish uchun paxta terishyaptimi? Yoki uqtuvchilarxam bormi? Jami nechta odam?

Gulnoza: Judaaa koopp o’qituvchilarni kopini o’rniga odam kegan, kopi yetakchi tex xodimlari, karochi o’rta maxsus xammasi.

XPM: Sharsharoitlar tug‘risida tuman xokimiga arz qilsalaring bulmaydimi, yoki kasaba uyishmasiga?

Gulnoza: Uzoqdamizkuuu qande xabar beramiz axir, undan keyin bilamanda ula bizni yonimizda bitta ikta gap gapiradida keyin avvalgidek davom etaveradi. Siyosatda bu.

XPM: Chuldami? Ichimlik suvini axvoli qanaqa?

Gulnoza: Xa cho’lda. Ariq suvda . Mana xozir issiqni qareng paxta teryapmiz dalani o’rtasida (zz)

XPM: Sabrli bulinglar. Endi kechga yashash sharoitlaringni, suratini junatsangiz maqola tayorlayman. Ismizni aytolasmi yoki sir bulib qolsinmi reportajda?

Gulnoza: Ismim Gulnoza, bu bor gaplar yashirishni xojati yoq, kechga jonataman.

XPM: Xop raxmat e'tiboringiz uchun.

…Guvoxi bulganingiz paxta dalasidagi muallima bilan suxbat. Endi esa Gulnoza junatgan foto lavxalar bilan tanishing:

X Press Muhbir

Tag‘in o‘qing
4 sentyabr 2022
16 avgustda O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning 131 million dollar puli Shveytsariya hukumati bilan kelishuv doirasida “darhol” respublikaga qaytarilishini ...
6 iyun 2018
Respublika prokuraturasida o‘tgan 5 iyun kungi brifingda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ortidan 21 shaxs hibsga ...
19 iyun 2019
O‘zbekistonda mahalla raisi tili bilan mamlakat poytaxti Toshkentda fuqarolarni ro‘yxatga olish tizimini yanada kuchaytirish, xususan, mahalladan ma'lumotnoma olish amaliyotini ...
3 iyun 2016
30 may kuni yozuvchi Mamadali Mahmudovning uyiga uning ruhsatisiz, devor oshib tushgan shaxslarning bosimi adibning keksaygan 75 yoshida ayni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...