Kundalik
26 sentyabr 2015

Huquq himoyachilari reyddan sog‘-omon qaytishdi

Bundan ilgari Eltuz Inson huquqlari Alyansi yetakchisi Yelena Urlaeva bilan mustaqil jurnalist Malohat Eshonqulovaning Guliston shahrida ikki nafar ichki ishlar xodimlari tomonidan ichki ishlar boshqarmasiga olib ketishgani haqida bildirgan edi.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘zini tanishtirmagan fuqaro kiyimidagi maxsus xizmat xodimi ularning qaerga otlanganiga aniqlik kiritish uchun majburiy mehnatni bartaraf etishga oid shiorlarni ochiq holda ko‘rsatib turib suratga olgan. Huquq himoyachilari qarshilik ko‘rsatishmagan.

Ularning safardan maqsadi telefonda ichki ishlarga ma'lum qilinganidan so‘ng safar davom etgan. Paxta terimiga oid majburiy mehnatga oid olib borayotgan monitoring davomida, mazkur viloyatda nafaqat o‘qituvchi-yu shifokorlar, hatto harbiy xizmatchilar – askarlar ham ommaviy tarzda paxta yig‘im-terimiga jalb qilingani aniqlangan.

Toshkent va Oliy o‘quv yurti talabalari, kollej o‘quvchilari, xalq ta'limi tizimi xodimlari, bog‘cha tarbiyachilari, o‘qituvchilar dalada paxta terayotgani ma'lum bo‘ldi.

Terimga chiqqan Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari, xususan viloyat sud tibbiy ekspertizasi bolalar shifoxonasi vrachlari, yotoq Sayxunobod tumanidagi Kasb-hunar kolleji binosidan yotoq sifatida foydalanishayotganiga guvoh bo‘lishgan. Shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli shifoxona vrachlarining aksariyati Soyxunobodning Tojik qishloq kabi qishloq aholisining uylaridan o‘rin egallashgan.

Huquq himoyachilari paxta terimida yurgan vrachlar, o‘qituvchilarga Paxta yig‘im-terimiga ommaviy safarbarlik majburiy mehnat hisoblanishini uqtirishgan.

www.Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 noyabr 2016
Bugungi kunda O‘zbekistonda na prezidentlikka nomzodlar, na ularni qo‘llayotgan partiyalarning hukumatga yoki bir-biriga siyosiy muxolif emasligini kuzatish mumkin. Prezident ...
15 fevral 2022
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ...
20 iyul 2016
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib Behzod nomli rassomlik institutini tugatgan 26 yashar Adolatxon Toshkentda yashab ijod qiladi. Asosan kitob grafikasi ...
10 mart 2020
– O‘tiring, bratan, o‘tiring. Bilaman, hozir kayfiyatingiz osmondagi yulduzlardan ham yuqorida turibdi. Buning sababi, sizning ashaddiy dushmaningiz bo‘lgan “qassob” ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...