Kundalik
15 mart 2016

Yoningdamiz, Turkiya!

Anqarada yuz bergan portlash ko‘p qatori mening ham yuragimni ezdi. Turklar va Turkiya uchun kamsitish bo‘lgan yuz yil burungi Lozan bitimi tugashi arafasida nomard Dunyo yana Turkiya ustida fitnalar uyushtira boshladi.

Turkiyaning to‘laqonli mustaqil bo‘lishini, erkin siyosat yuritishini istamaydigan xalqaro kuchlar 2023 yil yaqinlashgan sari chidamayapti, imperialistlarcha olchoq siyosatlarini yana qaytadan avj oldirishyapti.

Lekin ular o‘rtada Ollohni ko‘rishmayapti. O‘zlaricha birnimalarga erishishmoqchi, ammo Olloh ularga izn bermasligini bilishmayapti. Bugun Turkiya eski Turkiya emas! Hatto 15 yil burungi Turkiya emas! Bugun turk xalqi uyg‘ongan, Ollohni tanigan, dinini qattiq ushlagan, do‘st bilan dushmanni ajratib olgan millat! Osonlikcha yem bo‘lmaydi, inshaolloh.

Buning ustiga dunyodagi turkiy va musulmon xalqlar ham Turkiyani yolg‘izlatib qo‘ymaydi, deb o‘ylayman.

Bunday og‘ir kuningda biz sening yoningdamiz, Turkiya! Sening qayg‘ung bizning qayg‘umiz! Ko‘zingdan yosh chiqmasin, titrama, oyoqda qattiq tur, ey turk millatim!

Nurulloh Muhammad Raufxon

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 mart 2020
18 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 47 yoshli Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish ...
24 dekabr 2020
Odatda revizor taftish qilayotgan sub'ekt hali qamoqqa olinmagan va ko‘p hollarda o‘z jinoiy faoliyatini oshig‘ich g‘ayrat bilan davom qildirayotgan ...
30 mart 2021
Muzrabot tumanidagi sudda ayon bo‘lishicha, termizlik 41 yoshli bloger Sattoriy yillar davomida barcha mulozimlarga dahshat solib kelgan. «Eltuz» rassomi ...
23 oktyabr 2015
Akmal Nabiev Eltuz.com Bir yil avval yozgan ekanman… U paytlar do‘stlarimiz yozgan maqolalarga munosabat bildirib turardim, albatta samimiy, chin ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...