Kundalik
16 mart 2016

Majburiy mehnat to‘xtatilmas ekan O‘zbekistonga sarmoyalarni to‘xtatish talab qilindi

„Paxta kampaniyasi“ (The Sotton Sampaign) O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida odamlarni majburiy mehnatga jalb qilish hamon saqlanib qolayotgani xaqida Jaxon Bankini ogoxlantirdi va 9 mart kuni Jahon Bankiga O‘zbekistongdagi majburiy mehnat to‘g‘risidagi 140 ming imzo qo‘ygan petitsiyani topshirdik.

Petitsiya Jahon bankini, toki o‘zbek hukumati paxta sanoatida majburiy mehnatdan voz kechmaguniga qadar O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligiga sarmoya yotqizishni to‘xtatishga chaqiradi.

O‘zbekiston xukumati xar yili qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha turli qaror va ko‘rsatmalar qabul qiladi, lekin, paxta sanoatida majburiy mehnatning eng hunuk ko‘rinishlari o‘zgarmasdan saqlanmoqda. Fermerlarning aytishlaricha, paxta va bug‘doy rejalarini bajarishni talab qilayotgan xukumat ularni o‘zining temir iskanjasida ushlab turibdi.

Ayni paytda, O‘zbekiston xukumati, Jaxon Bankidan, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash maqsadi uchun 500 mln dollar miqdorda kredit olmokda.
The Cotton Campaign – bu O‘zbekiston paxta sektorida majburiy mehnatni to‘xtatish maqsadida birlashgan mehnatkashlar tashkilotlari, sarmoyadorlar va huquq himoyachilarining yirik koalitsiyasidir.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 iyun 2017
28 iyun kuni Bryusseldagi yig‘ilishda Markazi Berlinda joylashgan «O‘zbekiston Germaniya forumi» va Xalqaro Human Rights Watch tashkiloti paxta sohasidagi ...
26 may 2020
Sazoyi Tong otdi. Tiniqib uxlagan Absattor qo‘lini cho‘zib, yonini paypaslab Madinani qidirdi. Madina oshxonada pishir-kuydir qilib yurardi. Asakalik tog‘a ...
6 iyun 2017
Andijonlik Bahromning mutaxassisligi injener-texnolog edi. Ammo u O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmadi va boshqa qishloqdoshlari qatori Rossiyaga ishlagani ...
13 iyun 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasida e'lon qilingan «Mustaqil yurt odamlari bugunidan rozi, ertasidan ko‘ngli to‘q» sarlavhali maqolada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...