Multimedia
2 sentyabr 2016

Turkiya Karimov o‘limiga ta'ziya bildirgan ilk davlat bo‘ldi (video)

Ta'ziyani TRT davlat telekanali namoyish etdi.

«O‘zbek Prezidenti Islom Karimov olamdan o‘tdi. Alloh uni rahmatiga olsin. Turkiya Respublikasi o‘zbek xalqining qayg‘usiga sherik», deya ta'kidlagan Yildirim Karimov o‘limini rasman ochiq aytgan ilk rasmiy bo‘ldi.

Bundan oldin Karimovning o‘limi xabarini 2 sentyabr kuni Reyter axborot agentligi uchta diplomatik manbaga tayanib jamoatchilikka ma'lum qilgan edi.

“Ha, u o‘ldi,” deb aytgan agentlikka, diplomatik manbalardan biri, Islom Karimovni nazarda tutgan holda.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2 sentyabr tongida xabar tarqatib, prezident Islom Karimovning «sog‘ligi birdaniga yomonlashdi,» deya ma'lum qilgandi.

Vazirlar Mahkamasi shikoforlarga tayanib prezident vaziyatini «o‘ta og‘ir» deya baholagandi.

Bu vaqtga kelib Karimovning jasadi Samarqandga keltirilgani iddao qilingan video paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek rasmiylariga ko‘ra, prezident Karimov hamon tirik va uning vafoti haqida rasmiy xabar paydo bo‘lgani yo‘q.

Bugun, ko‘plab g‘arb nashrlari O‘zbekistondagi vaziyatni bir g‘aroyib tragikomediya kabi tasvirlashmoqda.

“Bu dunyoda o‘lim va soliqlardan boshqa narsa haqida ishonch bilan gapirish mumkin emas. Biroq, aftidan Islom Karimov bu qoidani shubha ostida qoldirdi”, deya istehzo qiladi Gardian gazetasi bugun o‘z tahririy maqolasida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 dekabr 2016
O‘zbekistonga Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lganidan keyin ochiq sahnaga qaytgan Yulduz Usmonova, shuningdek uning qaytishi bilan katta sahnadan «sal chekkaga ...
24 oktyabr 2015
N. Imomov Eltuz.com … Musoqul chol har kungidek qirda qishloqni tomosha qilib o‘tirardi. – Buncha hansiraysan? – Qodirboy mallaning ...
19 fevral 2021
O‘zbekistondagi qo‘g‘irchoq partiyalardan biri bo‘lgan “Milliy tiklanish” partiyasining o‘z ta'biricha “prezident tayinlagan” rahbari Alisher Qodirov so‘z erkinligiga fe'lan qarshi ...
17 fevral 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda) Kutilmagan taklif (Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tkan sonlarda)10 mart seshanba kuni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...