UzPoster
7 may 2018

O‘zbek tarmog‘ida Johar Dudaev o‘gitlari paydo bo‘ldi

«Agar hozirgi otalarning qo‘rqoqligi ehtiyotkorlik deb atalsa, albatta, shunday vaqt keladi, bolalarning qulligi sadoqat deb ataladi».

Chechenistonning birinchi prezidenti, marhum Johar Dudaevning bu so‘zlari 5 may kuni Rossiyada Putinga qarshi «U bizga podsho emas» (On nam ne tsar)shiori ostida o‘tkazilgan namoyishlarning bostirilishi ortidan ijtimoiy tarmoqda o‘zbeklarning sustligiga ishora tarzida bot-bot takrorlanmoqda.

Masalan, jurnalist Karim Bahriev, kinorejissyor Abdulaziz Mahmudov bu so‘zlarni ko‘chirib, feysbukdagi o‘z lentalariga qo‘yishdi.

Dudaev iqtibosi Toshkentdagi 9 may oldidan o‘tkazilayotgan rossiyaparast guruhlarning aktsiyalariga qarshi ishora tarzida ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan edi.

«Erta tongdan yaxshi bir insonning o‘ta noyob fikriga duch keldim. Bu insonni oxirgi rus imperiyasining bizning oramizdan yulib olingan eng buyuk qurbonlardan biri, desak bo‘ladi. Mana uning bizlar uchun qoldirgan so‘zlari: «Yesli trusost nыneshnix ottsov nazыvayut ostorojnostyu, obyazatelno nastupit vremya, kogda rabstvo detey nazovut predannostyu». J.Dudaev.

«Agar hozirgi otalarning qo‘rqoqligi ehtiyotkorlik deb atalsa, albatta, shunday vaqt keladi, bolalarning qulligi sadoqat deb ataladi. J.Dudaev», deya izoh yozdi, jumladan, 3 may kuni Dudaev so‘zlarini tarjima qilib feysbuk sahifasiga qo‘ygan o‘zbek psixolog olimi Mahmud Yo‘ldoshev.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 dekabr 2015
(XMT) Xalqaro mehnat tashkiloti paxta yig‘im terimida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga oid monitoring natijalarini e'lon qildi. XMT ekspertlari: ...
28 mart 2023
Toshkent markazidagi muzeyda Rauf Parfi haykali tantanali ochilgani va Karimov davrida xor zor bo‘lgan Cho‘lpon portreti namoyish qilingani haqidagi ...
30 avgust 2016
Keyingi uch kun ichida, Karimovning miyasiga qon quyilgani va o‘lgani haqida Internetda xabarlar paydo bo‘ldi, shu munosabat bilan Chexiyadan ...
22 iyun 2020
1989 yilning may-iyun oylarida O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi mahalliy o‘zbeklar bilan yuz bergan etnik to‘qnashuvlar davomida mesxeti turklarining uylari vayron ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...