UzPoster
8 iyun 2019

«Eltuz»ga navbatdagi veb hujumlar bartaraf etildi

Kanadaning fuqarolik jamiyati saytlarini himoya qilish maqsadida tashkil Kanadaning Deflect internet xizmati «Eltuz» saytiga 3 iyun kechasi taxminan 05:00-05:40 oralig‘ida hujumlar bo‘lganini ma'lum qildi.

Ayni hujumlar muvaffaqiyatli bartaraf qilinganini bildirgan Deflest servisi o‘z maktubiga qisqa bir hisobot ham ilova qilgan:

«29 ta unikal IP adresdan Sizning saytingiz sahifalariga 2500 dan ziyod so‘rov jo‘natilgan. Bizning tahlilimiz bo‘yicha, harakat qilgan hujumchi aftidan Sizning saytingizdagi zaif joyni qidirishga va buzishga uringan, Nikto utiliti bilan TOR tarmog‘iga yashiringani uchun uni identifikatsiya qilishning imkoni bo‘lmadi».

Deflest keltirgan ro‘yxatda 10 ta IP adresdan jo‘natilgan so‘rovlar kamayib boruvchi tartibda aks etgan:

1123 104.244.78.91
511 23.129.64.167
289 185.165.169.165
173 197.231.221.211
102 77.247.181.162
63 156.54.63.235
56 109.70.100.27
41 176.10.99.200
33 91.221.110.5
30 199.249.230.101

«Aftidan kimdir saytni buzishga astoydil urinmoqda. Buning boisi nimada sizningcha (yaqinda e'lon qilingan biror maqola yoki surishtiruv)?», deya murojaat qilishadi Deflect tahlilchilari «Eltuz»ga tahririyatiga yo‘llagan xatida.

«Eltuz» nashri direktori Umida Niyozovaning javobiga ko‘ra, saytga qilinayotgan so‘nggi hujumlarga sabab Toshkent rasmiylarining korruptsion kelishuvlari fosh qilingan maqolalar bo‘lishi mumkin.

Saytda jumladan 30 may kuni London universiteti kriminologiya fanlari proffessori Kristian Lassletning Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev aloqador bo‘lgan yirik korruptsion sxema fosh qilingan surishtiruv hisoboti chop etilgan edi.

Bundan avval, 10 may kuni bir qancha saytlarga fishing va veb hujumlar qilingani haqidagi hisobotida Deflect mutaxassislari ikkita yashirin IP orqali “Eltuz” saytiga 2017 yilning dekabridan 2019 yilning fevraliga qadar 15 marta hujum uyushtirilganini ma'lum qilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 sentyabr 2019
Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim. Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak? Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa, badavlat ...
12 aprel 2019
Bugungi kunda O‘zbekistonda bir-biriga potentsial dushman bo‘lgan va bir-birini shantaj qilishga tayyor 33 million odam bor degim keladi. O‘zini ...
10 may 2023
Qizig‘i shundaki qizil armiya vorisi bo‘lgan Rossiyada urush qatnashchilarga oxirgi yodgorlik 1967 yili o‘rnatilgan. Yaqin orada biror tiyin sarflanmadi ...
7 sentyabr 2017
Avgust oyi O‘zbekiston telekanallari uchun har doim qaynoq bir davr bo‘lib kelgan. Qaynoqligi shundaki, mustaqillik bayrami arafasida hamdu sano ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...