UzPoster
9 may 2022

Mustaqillik tarixini videoga olgan shaxs

Abdulaziz Mahmudov bir necha bor mendan video intervyu olishni so‘ragan. Bunga vaqt ham, istak ham bo‘lgani yo‘q. Men uning kimligini bilmasdim.

Ammo men bugun uning 71 yoshida vafot etganini bildim, rejissyor, stsenariy muallifi va operator sifatida 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshidagi barcha eng muhim voqealarni suratga olganini angladim.

Yutubdagi kanalini ochib tomosha qilarkan, 1989 yili «O‘zbekiston» mehmonxonasi oldida o‘tgan o‘zbek tili himoyasiga bag‘ishlangan namoyish aks etkan lavxalardan ko‘zimni uzolmadim. Kadr ortida Abdulaziz Mahmudovning o‘zi ziyolilarcha yumshoq ovozda militsiyaga o‘zining kimligini tanishtirmoqda: SSSR kinematografchilari uyushmasi a'zosi, dramaturg, rejissyor, stsenarist. Shu javob bois militsiya uni hibsga olishga jur'at eta olmadi.

Uning arxividagi keyingi lentalar esa ko‘plab shaxslar va ularning ehtiroslari bilan to‘la. U atrofda kechayotgan voqealar, butun tariximizni xotira sifatida qoldirdi. Mana Afg‘on urushidan qishlog‘iga 200 raqamli yuk sifatida qaytgan yigitning dafn marosimi;  Muxolifatning dastlabki qurultoylari, bir vaqtlar bizda «Erk» va «Birlik» partiyalari bo‘lganini hozir kim eslaydi? Mana bu yerda esa Mustaqillik g‘oyasi muhokamasi, ilgari surilayotgan talablar.  

Ma'lum bo‘ladiki, bu inson 30 yil avval yuz bergan mamlakatimizning yangi tarixini aks ettirgan tasmalarni saqlab, bizgacha yetkazgan. Hech qachon bizga ko‘rsatilmagan voqealar. Erinmasdan, yosh avlodlar uchun Yutub kanaliga joylagan…

Ijodiy faoliyati davomida u 60 dan ortiq nomdagi hujjatli, ilmiy ommabob filmlarni tasvirga oldi.

Hujjatli filmlarning bir muncha mashhurlari: «Yuzma yuz», «Qaytish», «Zamondoshlar», «Yer egasi», «Parkentda qon to‘kildi», «O‘zbeklar ishi», «Farg‘ona fojiasi», «O‘tmish va kelajak o‘rtasida», «Yovvoyilar», «Norasmiylar», «Shohimardondagi uchrashuv», «Amir Temur soyasida», «Xalq deputati», «Prezident qabulxonasi», «Xalq so‘zi» va boshqalar.

Raxmat Abdulaziz aka. Siz bilan tanishish uchun ikki soat vaqt topa olmaganim uchun meni kechiring. Men bundan hozir og‘ir uyatdaman.

Xudo raxmatiga olsin. 

Aziza Umarova

Smartgov Consulting kompaniyasi ijrochi direktori

Tag‘in o‘qing
28 avgust 2020
Yer Quyosh atrofida aylanishda davom etarkan, yetti kechayu kunduz kechdi. Hafta aylanib yana siz bilan yuzma-yuz bo‘ldim. Dard to‘kib ...
30 yanvar 2021
Joriy qish mavsumida mamlakatning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi nafaqat yaroqsiz, balki odamlar uchun xavfli ekani ma'lum bo‘lib qoldi. ...
15 mart 2021
Rassom Kirpi
23 mart 2018
Sarlavhaga chiqarilgan bu gap buyuk aktyor Shukur Burxonov ijrosidagi Yusuf Yalangto‘sh haqidagi filmda aytilgan. Ne tongki, “payg‘ambar” darajasiga ko‘tarilgan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...