Dayjest
6 oktyabr 2016

Maddohlikka do‘ngan yodnomalar

So‘nggi vaqtlarda mahalliy nashrlarda O‘zbekistonning marhum prezidenti xotirasiga mashhur kishilarning yodnomalarini chiqarish an'anasi kuzatilmoqda.

«Qishloq hayoti» gazetasi (04.10) bu an'anani davom ettirib, «Xalq orzu-istaklari bilan maydonga chiqqan yo‘lboshchi» sarlavhali maqola e'lon qildi.

Maqola sovet davrining so‘nggi kunlaridan yozg‘irish bilan boshlanadi. O‘sha vaqtlarda «…quruq va'dalar joniga tekkan odamlar mahalliy hokimiyatga ham, markaziy hokimiyat idoralariga ham ishonmay qo‘ygan edi», deyiladi gazetada.

«Paxta yakkahokimligi misli ko‘rilmagan darajaga yetgani bois, odamlarga tomorqa yerlari berilmas, ularning qo‘shimcha daromadi deyarli yo‘q edi», deya davom ettiriladi.

Albatta, yodnomada Islom Karimov mamlakat rahbarligiga kelgandan keyin «O‘zbekistonda tub islohotlar amalga oshirilgani», «mustaqillik yillarida xalqning orzu-istaklari ro‘yobga chiqqani» takror-takror aytilmasa, u to‘laqonli bo‘lmasdi.

Lekin unda bugun ham quruq va'dalar xalqning joniga tegib ketgani, na mahalliy, na markaziy hokimiyatga ishonch yo‘qligi negadir tilga olinmagan.

Sovet davrida, hatto uning oxirgi yillarida hali tug‘ilmagan bolalariga ham tomorqa olish unchalik qiyin bo‘lmagani, aksincha hozir tomorqa olish eng katta muammolardan biriga aylangani haqida aytish yoddan chiqqan.

Balki maqola mualliflari «o‘lganning orqasidan yomon so‘zlarni aytib bo‘lmaydi», degan aqidaga amal qilib, marhum prezidentning 27 yillik hukmronligi xalq boshiga ancha kulfatlar ham keltirganini eslamagandir?!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 sentyabr 2022
Xitoyning demokratik o‘zgarishlar va Sharqiy Turkiston Ozodlik harakatiga qarshi kurash vositasi sifatida tuzilgan bu shubhali tashkilot keyinroq Rossiyaning imperiyachilik ...
8 noyabr 2023
Hamzaning “Boy ila xizmatchi” dramasida boy otaga nechanchidir xotin bo‘lgan ayolning emizikli bolasini kundoshi qaynoq suvga cho‘kdirib o‘ldiradi. Oybekning ...
30 mart 2018
1988 yili Toshkentda bir necha kun davom etgan ko‘rgazma tomoshasiga uzundan-uzoq navbatga turishganini eslayman. Men jurfakda o‘qirdim va bir ...
24 dekabr 2023
ossiyaning Sankt Peterburg shahrida politsiya O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan Mamajonov Doniyor Dilmurodjon o‘g‘lini hibsga olgan. Doniyor Mamajonov O‘zbekistonda juda ko‘p miqdorda toavlamachilik bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha tergovdan yashirinib yurganligi aniqlangan. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...