Dayjest
14 aprel 2017

Mijozlar telefon raqami egalariga qaram bo‘lishadimi?

O‘zbekiston matbuoti, ilk bor mijozlarning mobil operatorlarga qaramligi masalasini ko‘tardi.

O‘zbekistonda mobil aloqaning qimmatligi, operatorlar xizmati sifati pastligidan shikoyat qilmagan odam yo‘q, biroq bu haqda gazetalarda yozilmasdi.

Hususan «Xabar» gazetasida (07.04) e'lon qilingan «Raqamni almashtirish mumkinmi yoxud «mobil qaramlik»dan qutulish haqida» sarlavhali maqolada «bir operator xizmatlaridan foydalanib kelayotgan mijoz uchun o‘z operatorini boshqasiga almashtirish ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgani» ta'kidlanadi.

«Respublikamizda mobil aloqa operatorlari o‘rtasida mobil telefon raqamlari prefikslarining o‘zaro bo‘linganligi sabab mijoz o‘zi o‘rgangan, o‘zining ish faoliyati yoki boshqa sabablarga ko‘ra qulay bo‘lgan telefon raqamini boshqasiga almashtirishi zarurligi katta noqulaylik tug‘diradi», deyiladi maqolada.

To‘g‘ri, matbuotda yoritilishidan avval «mobil qaramlik» muammosi rasmiy idora – Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi vakili tomonidan ko‘tarilgani aytiladi.

Muallif mobil qaramlikdan qutulishning bir yo‘li «telefon raqamini saqlagan holda mobil aloqa operatorini almashtirish imkoniyati yaratilishi» ekanini bildiradi.

Uning yozishicha, bunday imkoniyatning yaratilishi mobil aloqa operatorlarini o‘z xizmati sifatini yaxshilashga undaydi, bundan esa faqat mijozlar manfaatdor.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 iyun 2018
O‘zbek rasmiylari 16 iyun kuni xibsga olingan AQSh vatandoshi Zokir Aliev Afg‘onistonda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, hukumat va xalqaro koalitsiya ...
1 avgust 2017
O‘tgan yili o‘lgan Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan yelkama-elka FondForum tashkiloti tadbirlarida faol ishtirok etgan amaldorlardan biri 54 ...
18 dekabr 2015
Malohat Eshonqulova mustaqil jurnalist, Eltuz.com Jizzaxlik qonun idoralari xodimlari, xususan «Do‘stlik» tuman IIB katta tergovchi Orif Anorboev O‘ktam Pardaevga ...
28 sentyabr 2023
Bugungi mavzuimiz ko‘pchilik kutayotgan, bog‘chalarga tarqatilgan dori bois bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq muammolarga oid. Biroq voqeaning asosiy qahramonlaridan biri ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...