Avtobus bekatidagi Luvr
2002 yilda kanadalik o‘spirin Kristofer Xervig (Christopher Herwig) sobiq sovet respublikalaridan o‘tadigan velosiped poygasida qatnashganida ilk bora sovet rassomi ijodiga oid avtobus bekatini ko‘rib hayratdan dong qotgan edi.
Keyinchalik Xervig bu bekat o‘zi uchun huddi Luvrdagi Mona Liza asari kabi tuyulganini yozgandi.
Sobiq sovet imperiyasi bo‘ylab 30 ming kilometr yo‘l bosgan Xervig sovet rassom va me'morlari tarafidan unikal san'at asari o‘laroq yaratilgan yuzlab bekatlarni suratga oldi.
O‘z yurti Kanadaning zerikarli shisha kublar tarzidagi bekatlari bilan solishtirgan Xervig sobiq sovet avtobus turoqlarini “kichik arxitekturaning fantastik shedevrlari” deya atadi.
Bekatlar hayroniga aylangan Xervig obektiviga O‘zbekistonning Termiz shahridagi avtobus bekati ham muxrlandi.
Bu rasmlarni kitob xolida chop qilgan Xervig nazarida bu bekatlar “Zamonaviy san'at va klinik telbalik o‘rtasidagi nozik balansdir”.
Sobiq sovet bekatlari mufattishiga 12 yilini bag‘ishlagan Xervig pirovardida suratchi sifatida ot qozondi va CNN, National Geographic kabi unli shirkatlar hamkori bo‘ldi.
Shu kunlarda fotograf Suriyada urush reportajlari tushirish bilan band.
Kristofer Xervig Markaziy Osiyoning bilgichlaridan biridir.
Markaziy Osiyo respublikalarida uzoq vaqt ishlagan Xervigning bu mamlakatlarda tushirgan rasmlari ziyrak nigoh va mehr bilan sug‘orilgan.
Xervig muammolarni ishoratlar bilangina aks ettiradi va bu rasmlar nafis yumorga to‘la.
Shu bois Xervig olgan suratlar tomoshabinni hurkitmaydi, tomoshabin uning mexribon nigohini baham ko‘radi.
Eltuz o‘quvchilariga taniqli fotoreporterning Markaziy Osiyoda tortgan suratlarini taqdim qilamiz.
Tomoshangiz yoqimli bo‘lsin.
Video: https://youtu.be/BSSC6bnoQrA
Fotosuratlar Kristofer Xervigning hos vebsahifasidan olindi: www.herwigphoto.com
Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com