Multimedia
11 yanvar 2018

MXX qamog‘idagi jurnalist yaqinlari bilan uchrashdi

9 yanvar kuni MXX tergov hibsxonasida uch oydan ortiq qolayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev xotini, onasi va farzandlari bilan uchrashdi.

Abdullaevning xotini Quttiqiz Balxiboeva uchrashuv tafsilotlari haqida «Eltuz» muxbiriga intervyu berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qamoqda qolayotgan jurnalistning farzandlari va onasi bilan uchrashuvi yarim soatdan kamroq davom etgan.

MXX xodimi ishtirokida o‘tgan uchrashuvda ular tergov tafsilotlari haqida gaplashishmagan.

Uchrashuv 4 yanvar kuni Abdullaevning onasi Gavhar Madaminovaning prezidentga videomurojaatidan besh kun o‘tib amalga oshgan.

MXX xodimi tergov xulosasi, shuningdek, sud belgilanadigan kun haqida ularning advokatiga ma'lum qilinishini bildirgan.

Biroq Balxiboeva haligacha Abdullaevning advokati yo‘qligini aytmoqda.

Bobomurod Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan shu yilning 27 sentyabrida o‘g‘irlab ketilgan. Oradan uch kun o‘tib, 1 oktyabr kuni uning hokimiyatni ag‘darishga urinishda ayblanayotgani ma'lum bo‘lgan edi.

Video: https://youtu.be/OJil96SX1pE

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 avgust 2017
Eltuz nashri o‘tgan 2016 yilning ayni 8 avgustida, o‘z tomorqasida meva sabzavot yetishtirgan dehqonlarning hosilini erkin sotishiga ruxsat berilmayotgani, ...
6 oktyabr 2023
Mana azizlar yana sizlar bilan yuzma yuzman. Sizlarga yaxshi gap aytgim keladi. Ëmon gap aytib kimnidir ko‘ngliga ozor berganimdan ...
5 may 2017
Shavkat Mirziyoev Qozog‘istonga 29 aprel tashrifi chog‘ida Qozog‘iston prezidenti Nazarboev bilan birga Caspian Food vinochilik xo‘jaligida bo‘ldi. Xususan uning ...
2 oktyabr 2020
«Eltuz»da e'lon qilingan maqola ortidan Namangan shahri prokuraturasi mulozimlar oldida o‘ziga o‘t qo‘ygan 35 yashar Gulandom Dedaboevaning o‘limi yuzasidan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...