Asosiy mavzular
16 fevral 2023

1999 yil Toshkentni larzaga solgan 16 fevral portlashlari

1999 yilning 16 fevralida Toshkentning besh joyida ketma ket portlashlar yuz berdi. Avvaliga Vazirlar Mahkamasi binosi oldida bomba o‘rnatilgan mashina portladi. O‘sha kuni 1998 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lishi kerak edi.

Rasmiylarga ko‘ra, portlash prezident Karimov kelishiga 10 daqiqa qolganda sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng IIV, Milliy bank, sobiq «Iskra» kinoteatri va Yakkasaroy tumanidagi hovlida portlashlar yuz berdi.

Rasmiy ma'lumotlarda 16 kishi halok bo‘lgani 100 dan ortiq odam jarohatlangi aytiadi. Portlashlar terakt va Prezident Karimovning aziz joniga suiqasd deya taqdim qilindi.
Portlashlar ortidan hibsga olishlarning yangi to‘lqini boshlanib ketgan. Hukumat portlashda O‘zbekiston Islomiy Harakati va Erk Demokratik partiyasi raisi Muhammad Solihni ayblab chiqdi

2003 yil noyabrida portlash guvohlaridan Zayniddin Asqarov «Erk» rahbarining portlashlarga aloqasi yo‘qligi, o‘zining mahkamada yolg‘on guvohlik berishga majburlanganini aytgan edi.
«Eltuz» muxbiri bilan suhbatlashgan jurnalist Pahlavon Sodiq birinchi marta Asqarov jurnalistlarga bergan intervyuning parda orti sirlari haqida gapirib berdi.

2003 yili Bi-Bi-Si, «Ozodlik» va «Amerika ovozi» jurnalistlariga bergan intervyusida voqeaning asosiy guvohi Zayniddin Asqarov, jumladan, bunday deydi:

«Muhammad Solihning, Allohga qasam ichib aytaman bu gapimni, umuman terrorga aloqasi yo‘q. Men demokrat ham emasman. U odamni yaxshi ko‘rish, yomon ko‘rish maqsadim ham yo‘q. Xolisona baho beraman – hech qanday aloqasi yo‘q!

Bu bizning siyosiy ko‘rligimiz, Zokir Almatovga ishonganimiz natijasi, xolos».

Voqeadan so‘ng MXXning bir necha xodimi ishdan ketgani, shuningdek, kuch ishlatar tizimlarning xalqaro matbuot bilan orasi ochiq bo‘lganini bildirarkan, Pahlavon Sodiq yana muhim bir detalga e'tibor qaratadi:

«Nimagadir o‘sha kuni «Ozodlik» va «Amerika ovozi» Zayniddin aynan o‘sha bayonotni MXX xodimi chekish uchun tashqariga chiqib ketgan payti aytgan edi, deya talqin qilgan.

Undan keyingi ayni suhbat tilga olingan maqolalarda ham MXX xodimi tashqariga chiqqan paytda Asqarov Muhammad Solih haqida bayonot berdi, degan noto‘g‘ri, mutlaqo noto‘g‘ri talqin bor!

Men yuz foiz ishonch bilan aytaman, Zayniddin Asqarov o‘sha suhbatning eng kulminatsiyasida, Muhammad Solih haqida bayonot bergan paytida hali o‘tirgandi MXX xodimi bizning yonimizda.

Faqat o‘sha bayonotdan keyin MXX xodimi tashqariga chiqdi va, nazarimda, rahbariyat bilan maslahatlashish uchun chiqdi.

Oradan 10 daqiqa o‘tdi yo o‘tmadi, MXX xodimi qaytib kirib, darhol suhbatimizni to‘xtatishni talab qildi…».

 Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 sentyabr 2021
2019 yil noyabrda Londonda nufuzli sarmoyadorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U yerda xalqaro moliyachilar, diplomatlar va tadbirkorlar O‘zbekistonning siyosiy va ...
31 may 2022
O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” sohasidagi raqobati  O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” vositasidagi raqobati til va ta'lim ...
29 mart 2021
Ërqinoy haqidagi hikoyani yozganimdan so‘ng menga AQShda yashaydigan Qo‘yli degan 58 yoshli kishi telegramdan chiqdi. “Og‘o, maning hayotimni kitob ...
25 dekabr 2018
Ukraina hukumati 2014 yili muomalaga kiritgan tangada Qrim yarimorolining sharqiy qismida XIII asrda O‘zbekxon tomonidan qurilgan masjid va madrasa ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...