Asosiy mavzular
29 may 2019

Umrada qo‘shiqchi Abdulla Qurbonov mahalliychilik qildi va hamkasbini haqoratladi

Toshkentlik qo‘shiqchi Abdulla Qurbonovning Umra safari paytida xorazmlik qo‘shiqchi Jahongir Otajonov sha'niga yog‘dirgan haqoratlari aks etgan audio 27 may kuni tarmoqda tarqaldi.

Video: https://youtu.be/zQExuVi8N3A

«Kim edi mambi ashulachi. Qachondan beri odam bo‘p qoldi bu hayvon. Oldin qanaqqib qur'onni o‘qishlikni o‘rganivossin, keyin gaplashaman bu bola bilan…», deya boshlaydi qo‘shiqchi o‘z janjalini.

Abdulla Qurbonov «Shukur aka», «Zokir shayx», «Botir», «Aziz» ismli telegram yuzerlaridan o‘z gaplarini yetkazishni so‘raydi.

«Toshkent yoqmayatgan bo‘lsa, borib Xorazmingda yasha, Xorazmda yasha, o‘sha Xorazmda. Ha, Toshkentni puli sani qutirtirivoribdi-ku, Jahon!» deya mahalliychilikka o‘tadi toshkentlik qo‘shiqchi.

Qo‘shiqchining keyingi gaplari «Ramazonning hurmati», «Uje Ka'bada buni gapirishvotgani» haqida ketadi.

«Qachon bu xalqni oldiga chiqib, «Rahmat silaga, sila mani shunchalik san'atimmi, bitta eshshakka o‘xshagan ovozimmi eshitib, manga shuncha pul bervossila, rahmat silaga», deganini eshitdinglami, yo Ramazonda efirga chiqib bir og‘iz chiroyli suhbat qiganini?»

Taqvodorlikka chaqiriqlaridan so‘ng Abdulla Qurbonov tag‘in hamkasbi sha'niga haqorat yog‘dirishda davom etadi.

«To‘yga birinchidan kastim-shimda boriladi. Bu chyortga o‘xshab, jallab, to‘g‘risini aytaman, ko‘ngliga kelmasin hech kimni-yu, buni to‘yxonaga kiyib borgan kiyimini boru, itimga kiygizmayman, itimga!»

Qurbonovning haqoratli gaplariga izohlardan ma'lum bo‘lishicha, uning g‘azabga minishiga qo‘shiqchi Jahongir Otajonovning televizorda namoyish etilgan jonli ijro tanlovini ko‘rib, gapirgan fikrlari sabab bo‘lgan.

«Iltimos, jivoy ashula aytmanglar! Aytganman-ku sizlarga men eplolmaysizlar deb. O‘qish kerak buning uchun oldin. Xafa bo‘lmanglar, endi mayli», deya kulgan edi «Xurshidnikida iftorda» o‘tirganini bildirgan Jahongir Otajonov.

Joriy yilning iyun oyida «O‘zbekontsert» rahbari Odiljon Abduqahhorov xonanda Abdulla Qurbonovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, «Million» jamoasini haqorat qiluvchi intervyusi uchun unga ogohlantirish berilganini aytgan edi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda Qurbonov tomoshalarida unga taqlid qiladigan «Million» jamoasini «Million basharalar» deb atagan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 dekabr 2017
22 dekabr kuni prezident Mirziyoev O‘zbekiston Oliy Majlisida qilgan bir necha soatlik jonli murojaatida moliya xodimlarini «kalamushlar» deb atadi. ...
10 mart 2020
«UzAvto Motors» AJ 9 martdan avtomobillar narxini 3 foizdan 21 foizgacha oshirganini ma'lum qildi.  Bildirilishicha, oddiy aholi sotib olishi ...
11 yanvar 2021
Haqiqiy islohotlar erkin fikrlovchi va tanqidchilarni tor-mor etish emas, balki ularni rag‘batlantirish va hatto qamrab olish orqali amalga oshiriladi. ...
17 mart 2017
«O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashabbusi bilan Buxorodagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi», deya tantanavor e'lon qildi «Milliy ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...