Catira
20 avgust 2020

O‘zbekistonda AES qurilishi shartnomasi hali tayyor emas

Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashriga ko‘ra, O‘zbekistonda atom elektr stantsiyasi (AES)ni qurish bo‘yicha shartnoma hali tayyor emas, Rossiya tomoni bilan muzokaralar davom etmoqda.

Bu haqda dushanba kuni jurnalistlarga O‘zbekiston energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jaev ma'lum qildi. «Aytishim mumkinki, biz shartnomaning barcha detallarini muhokama qilish uchun marra chizig‘iga yetib keldik», dedi Xo‘jaev.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar shartnomani «kamchiliklarsiz», o‘zaro manfaatli tarzda imzolash uchun barcha texnik va moliyaviy unsurlarini ishlab chiqishmoqda. Ikki mamlakat rahbariyati imzolash muddatlari bo‘yicha bir-biriga qat'iy shartlar qo‘ymayapti, deya qo‘shimcha qildi u.

Fevral oyi oxirida «Rosatom» davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixachyov O‘zbekistonda atom elektr stantsiyasi uchun EPC shartnomasini (shartnoma ishning uch bosqichini o‘z ichiga olgan: loyihalashtirish, uskunalar xaridi va qurilish – tahririyatdan) 2020 yil iyunida imzolash kutilayotganini aytgan edi.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov hukumatning O‘zbekistonning Jizzax viloyatida atom elektr stantsiyasini qurish va «Rosatom» bilan tegishli bitim tuzish haqidagi qarori O‘zbekiston manfaatlariga javob bermaydi, deya hisoblaydi.

«Bu stantsiya qurilishi butun mamlakat uchun iqtisodiy jihatdan zararli va xavfli bo‘lgan rejadir. Iqtisodiy nuqtai nazardan, muqobil energiya manbalari, ayniqsa, qayta tiklanadigan energiya turlari O‘zbekistonga atom elektrostantsiyalariga qaraganda ancha ko‘p va tezroq iqtisodiy samara beradi», deydi Alisher Ilhomov.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Energetika vazirligi «yaqin kelajakda» AES qurilishining atrof-muhitga ta'sirini baholash bo‘yicha mamlakatda va qo‘shni davlatlarda, xususan, Qozog‘istonda jamoatchilik muhokamalari o‘tkazilishi haqida xabar qilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 aprel 2018
O‘zbekiston mudofaa vazirligi ansambli artistlari Toshkent metrosida 9-mayga kuniga atagan aktsiyalarni boshlashdi va bunga qarshi rossiyaparastlik tadbirini to‘xtatish chaqiriqlari ...
28 may 2016
«Xalq so‘zi» gazetasining yozishicha, Toshkent viloyati bo‘yicha 1158 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 11 mingdan ziyod maslahatchilarini ...
17 iyun 2020
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani turg‘uni 40 yashar Saydullo So‘fiev IIBning ikki xodimi 16 iyun kuni qo‘lini qayirib, mashinaga bosib, ...
28 sentyabr 2020
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 7 yigit 15 sentyabr kuni 20 yashar qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...