Asosiy mavzular
13 oktyabr 2020

“Samosud”chi fermer ustidan jinoyat ishi ochildi

3 oktyabrda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani “Yangi hayot” mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi rahbari J.N. ishchisi S.Sh.ni sazoyi qilib, tahqirlab, daraxtga bog‘lab ketdi.

Ijtimoiy medianing o‘zbek segmentida bu “samosud” videosi tarqalgani ortidan fermerning qilmishiga IIB e'tibor qaratdi.

Fermer qo‘lida ishlovchi boshqa ishchining aytishicha, voqea kunduzi tushdan so‘ng sodir bo‘lgan. Yollanma ishchi S.Sh. sal oldin fermer xo‘jaligi rahbari J.N.ni haqorat qilgan.

Bu qonunbuzarlik yuzasidan “Eltuz” muxbiri IIB va mahalla xodimlari, fermer xo‘jaligida ishlaydigan boshqa bir ishchining fikrlari bilan qiziqdi.

Ishchining aytishicha, S.Sh. ikki yildan buyon J.N.ning qo‘lida yollanma mavsumiy ishchi bo‘lib ishlaydi. Yaqin kunlardan buyon fermer bilan o‘rtasida gap qochib yurgan. 

Suhbatdoshning aytishicha, S.Sh. ko‘p ichadi va ichganda o‘zini bilmay qoladi. O‘sha kuni, ya'ni 3 oktyabrda ham u mast bo‘lgan. Fermerni kurakda turmas so‘zlar bilan haqorat qilgan. Bu voqeaga boshqa ishchilar ham guvoh bo‘lgan. J.N. jahl ustida ishchisini kaltaklab, qayoqqadir ketgan. Bu orada S.Sh. janjal bo‘lgan yerda uxlab qolgan.

Qiziltepa tumani IIBga yaqin mulozimning aytishicha, g‘azablangan fermer qo‘shni fermer xo‘jaligida ishlaydigan traktorchi bilan qaytib kelib, S.Sh.ni o‘lasi qilib urib, keyin uni traktor tirkamasiga chiqargan (“Eltuz”ga taqdim etilgan video aynan tirkama ustida olingan). 

J.N. hamma yog‘i qon, bo‘yniga ip bog‘liq S.Sh.ni fermer xo‘jaligidan uzoq bo‘lmagan yerdagi daraxtga bog‘lab ketgan. Bu paytda S.Sh. o‘zida bo‘lmagan. Taxminan bir soat ichida S.Sh. o‘ziga kelgan  va guvohlar yordamida tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Bu voqeaga oid video 7 oktyabrda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladi. Keng jamoatchilik e'tiboriga tushgandan so‘nggina bu ish nazoratga olingan.

Ungacha na mahalla noziri, na IIB bundan xabar topmagan. Qolaversa, shifoxonada S.Sh. holati yomon bo‘lishiga qaramay, tibbiy ekspertiza tayinlanmagan.

IIBga yaqin mulozimning xabar berishicha, hozir “samosud” voqeasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Eltuz” muxbiri “samosud” qahramonlari bo‘lgan fermer va ishchining o‘zi  bilan bog‘lana olmadi.

So‘ngso‘z o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekistonda bunga o‘xshash voqealarni videoga olish yangilik bo‘lmay qoldi. Bozorda chek tarqatuvchi farg‘onalik ayol, o‘z uyida eri bilan begona ayolni ushlab olgan va uni qo‘shnilari bilan kaltaklagan xorazmlik xotin, haydovchilarni “sotib” yurgan xorazmlik ayolning ular tomonidan kaltaklanishi… 

Xullas, bunday voqealarga misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 aprel 2020
Natsistlar Germaniyasi ittifoqchisi, yangi Rim imperiyasini qurish g‘oyasini ilgari surgan Yevropaning so‘nggi diktatorlaridan biri, duche (dohiy) Benito Mussolinining o‘limi ...
23 mart 2023
2015 yilning 23 martida Singapurning davlat boshqaruvining korruptsiyadan xoli shaklini yaratgan lideri Li Kuan Yu 92 yoshida vafot etdi. ...
8 avgust 2018
«Bizdan oldin kelgan ikki etapning ham «lomka»si dahshatli bo‘lgan. Kaltakdan o‘lganlar, bir umrga mayib bo‘lganlar ham bo‘lgan ekan. Birinchi ...
11 avgust 2020
O‘zbekiston Senatining 7 avgust kuni ochilgan oltinchi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboeva mamlakatda korruptsiya avj olganini ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...