Asosiy mavzular
6 oktyabr 2021

Farg‘onada institut o‘qituvchilaridan ta'mir uchun pul yig‘ildi

Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchisining «Eltuz»ga yozishicha, joriy o‘quv yilidan boshlab yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti boshqa binoga ko‘chirilishi va institut binosining rekonstruktsiya qilinishi munosabati bilan o‘qituvchilardan pul yig‘ib olingan.

“Fakultet dekani Rustam Anorov topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning 20 avgustidan boshlab har bir o‘qituvchidan 255 ming so‘mdan yig‘ildi. Jami aniq 6 milliondan oshgan bo‘lishi kerak”, dedi «Eltuz»ga o‘z ismini ochiqlashni istamagan institut o‘qituvchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ham yetmagandek, ayol va erkak o‘qituvchilar o‘quv jihozlari, mebel va partalarni 4-qavatdan pastga va tepaga olib chiqish buyurilgan.

Fakulteti Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesidagi “Ruxsor TV” binosi ro‘parasidagi sobiq iqtisodiyot kolleji binosiga ko‘chirilgan. O‘qituvchilardan yig‘ilgan pullar kollej binosining 4-qavatidagi 8 ta xona ta'miriga ajratilishi aytilmoqda.

«Eltuz»ga maktub yozgan o‘qituvchi bir qancha fotosuratlarni ham ilova qilgan, unda haqiqatan ham parta va institut jihozlarini tashiyotgan, xona oynalarini artayotgan o‘qituvchilar aks etgan.

Ayni ishlarga majburlash holati, maktub egasiga ko‘ra, institut binosi ta'mirdan chiqqanidan so‘ng tag‘in takrorlangan.

“Yangi bino bitganidan keyin o‘qituvchilar dekan tomonidan yana ishga solindi va ular yana partalarni ko‘tarib, 3 qavatli binoning 1-2-3-qavatiga olib chiqishdi”, deya yozadi o‘qituvchi.

Maktub egasining so‘zlariga ko‘ra, agar o‘qituvchi pul yig‘ish yoki mebel tashish kabi majburiyatdan bo‘yin tovlasa, dekan ularga hayfsan berishi yoki ishdan haydashi mumkin.

U, shuningdek, o‘z maktubida Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchilari ta'lim saviyasining judayam pastligi haqida yozadi.

“O‘quv saviyasi o‘ta past. O‘qituvchilar o‘z mutaxassisligiga oid bo‘lmagan fanlardan dars o‘tishadi. Talabalarga: “Bu mening fanim emas, bo‘sh o‘tirmanglar”, deb darsga kirib, 80 minutdan so‘ng chiqib ketishadi”, deydi o‘qituvchi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 fevral 2019
26 fevral kuni «O‘zbekkontsert» davlat muassasasi «litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani, milliy urf-odatlar, odob-axloq, ma'naviy qadriyatlarga yot ...
19 sentyabr 2017
18 sentyabr kuni Toshkent markazidagi Navoiy nomidagi Milliy bog‘ni buzish va qurilishga hozirlash ishlari boshlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil ...
25 dekabr 2019
Elektr energiyasi tanqisligi muammosi O‘zbekistonda 2019 yilda ham dolzarbligicha qoldi. Rassom Dumham Eltuz.com
14 mart 2023
Salom qadrli muxlislar bugun 13 inchi mart, studiyada Qudrat Bobojon, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi.+++Bo‘kada bir ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...