Audio-kitob
8 yanvar 2022

«Kechir, amma!» 1-qism

Hikoyamiz qahramoni qirq bilan ellik orasidagi dehqonobodlik yigit. Toshkentning eski pedinstitut yaqinidagi Bobur ko‘chasida, to‘rt qavatli g‘ishtin uylardan birida yashaydi. Rasman elektrosetda pul undiruvchi bo‘lib ishlaydi. Ammo asosan shahar ko‘chalarida taksichilik qiladi.

Qahramonimizning ismi Xolli familiyasi Berdiev. Bo‘ynida katta xoli bilan tug‘ilgani uchun Xolli deb ism qo‘yishgan. Toshkentda u xotini Komila bilan yashaydi. Bir o‘g‘il bir qizi bor.

Komila Xolliga uzoq qarindosh. Komilaning passportdagi ismi Kamilla. U tug‘ilganida Xollining ammasi unga bu ismni qo‘ygan. Fortepiano muallimi bo‘lgan amma italiyan bastakori Vivaldiga sodiq murid edi.

Qarindoshlardan birining oilasida navbatdagi qiz tug‘ilib, ismini qiz tug‘ilishi «To‘xtasin» deya To‘xtaxon qo‘yishmoqchi bo‘lganida amma bunga qarshi chiqib, zamonaviy ism qo‘yishni taklif qilgan. Xullas, Dehqonobod tog‘-toshlarida tug‘ilgan qizga Kamilla deb ism qo‘yildi. Kamilla bu bastakor Vivaldining onasi venetsiyalik Kamille Kalikchiodir. Dehqonobodlik Kamilla hali beshikdaligidayoq undan 8 yosh katta Xolliga unashtirilib qo‘yildi.

Shu o‘rinda amma haqida gapirsak.

Aytganim kabi, amma fortepiano muallimi. Ammaning ismi To‘lg‘anoy.1973 yili Qarshi shaxrida yangi ochilgan madaniyat saroyida 10 yashar dehqonobodlik To‘lg‘anoy ismli qiz fortepionada Vivaldining «yil fasllari» kompozitsiyasidan parcha chalib beradi. Madaniyat saroyi ochilishida qatnashgan SSSR madaniyat vaziri Yekatrina Furtseva bu qizni olqishlab, o‘zi bilan Moskvaga olib ketadi. To‘lg‘anoy Moskvadagi Gnesinыx musiqa maktabi fortepiano bo‘limida o‘qiydi. O‘sha paytda Chexoslovakiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Vivaldi musiqa festivalida qatnashib, Chexoslavakiya fortepianochilar uyushmasi diplomini oladi.

Moskvadagi Gnesinыx maktabida o‘qib yurgan paytida To‘lg‘anoy o‘pkasini shamollatadi. 9-sinfni bitirib, Dehqonobodga qaytadi. Bu paytga kelib To‘lg‘anoyning xomiysi Furtseva allaqachon o‘lib ketgan edi. Dehqonoboddagi maktabda o‘ninchi sinfni bitirgan To‘lg‘anoy Toshkentdagi Nizomiy nomli pedinstitut musiqa bo‘limiga o‘qishga kiradi. Bitirgach uni institutda o‘qituvchi qilib olib qolishadi. Bobur (o‘sha paytda Pedagoglar ko‘chasi) ko‘chasidan kvartira berishadi. Hozir Xolli yashayotgan kvartira bu. Ammo Moskvada orttirgan kasal bois Xollining ammasi To‘lg‘anoy 23 yoshida olamdan o‘tadi. Er qilmagan To‘lg‘anoy o‘z uyini jiyani Kamillaga vasiyat qilib qoldiradi. Dehqonobodda tuzuk quruq ishni boshini tuta olmagan Xolli Kamilaga uylanib, Toshkentga ko‘chib kelib, ammaning uyida yashay boshlaydi.

Vasiyatga ko‘ra, uyning bir burchagidagi Zimmerman degan Pragadan keltirilgan pianino va uning yonida turgan qora ebonit telefon apparati va devordagi ikki romkali lavha joyidan jilmasligi shart. Lavhalardan biri Chexoslovakiyada berilgan diplom, yana birida esa Antonio Vivaldi portreti edi. Butun uy o‘n marta remont qilingan bo‘lsa ham, shu burchak o‘zgarishsiz qolayotgan edi.

Hikoyaning davomnini Xollining o‘zi aytib beradi.Xollining hikoyasi «Toshkentda yashashning o‘zi bo‘lmaydi. Yaqin yaqinlargacha propiskasiz uchaskavoy mentga o‘lpon to‘lab yashadim. Ishim «nervinniy». Hech kim svetga pul to‘lashni istamaydi. Elektrosetdan oladigan oyligim yetmaydi. Kreditga olgan Neksiya bilan kira qilaman. Bugun kreditni yopmasang, moshinangni so‘t orqali tortib olamiz, degan xat keldi. O‘zi katta summa emas. To‘rt million sakkiz yuz ming so‘m. Ammo qani shu summa. Qarz so‘rab yig‘lab borsang, uvillab, ho‘ngrab chiqishadi. Hech kimda ortiqcha pul yo‘q. Yo‘q i vsyo. Nima qilay? Bersang ber o‘sha so‘tingga, istasang obchiqib otib tasha. Yo‘qchilik jonimga tegdi. Uyda hech vaqo yo‘qligidan xotin bollarni olib, Dehqonoboddagi enasini uyiga ketgan. Qarindoshlar bir qoshiqdan bersa to‘yishadi.»

Telefon

Shu gaplarni o‘ziga o‘zi gapirgan Xolli kiyimini hem yechmay o‘ringa cho‘zildi. Tush ko‘rdi. Tushiga ammasi kiribdi. «Xollijon bolam, nega menga telefon qilmaysan? Ammajoning seni sog‘indi,» dedi rahmatli amma. Xolli cho‘chib uyg‘ondi. «Qanaqa telefon? Ammam zamonida so‘tka yo‘q edi-ku.» Birdan burchakdagi qora telefon jiringlab boshladi. O‘sha ebonitdan bo‘lgan qop-qora telefon. Bu telefon 1989 yildan beri ishlamay yotgan o‘lik matoh edi. Nega jiringladi? Xolli karaxt bo‘lib, telefonga qarab turardi….

Rassom Tuz

(davomi bor)

Tag‘in o‘qing
9 aprel 2016
O‘zbekistonda bitiruvchilardan ish bilan ta'minlangani, ko‘plari esa uy ishlariga bandligi yuzasidan qo‘shib yozishlar bo‘layotgani, ish haqi esa nihoyatda pastligi ...
6 mart 2020
O‘zbekiston Aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi (MMA) Andijon viloyati bo‘limining navbatdagi konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.  Konferentsiyada assotsiatsiyaning Andijon viloyati bo‘limi rahbari ...
17 mart 2023
1991 yilning 17 martida Islom Karimov boshchiligidagi O‘zkompartiya SSSRni saqlash uchun 93,7 foiz ovoz tashkil qilib bergan edi. Referendumga ...
25 aprel 2019
Ciyosiy mahkum, buxorolik 35 yashar huquq faoli Humoyun Rahmonovning xalqaro jamoatchilikka yo‘llagan videomurojaati 23 aprel kuni tarmoqda e'lon qilindi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...