Asosiy mavzular
4 oktyabr 2022

600 SYeKUND: Rossiyaliklar oqimi bois Toshkentda uy joy ijara narxlari oshdi

4 oktyabr kuni ertalabki soat 08:30 larda Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam CHIRCHIQ” AJ korxonasi sintez sexida portlash sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea joyiga o‘z xodimlari yetib borib, vaziyatni nazoratga olgani, hamda hozirda portlash oqibatlari bartaraf etilayotganini ma'lum qilgan.
+++
Paxtaobodning yangi hokimi ishini haqoratlar bilan boshladi.  Bu gapni Eltuzga bir biridan mustaqil ravishda ikki paxtaobodlik ma'lum qildi. «Andijon viloyati Paxtaobod tuman hokimi ishdan olindi, ko‘pchilikning bundan xabari bor. Uning o‘rniga birinchi o‘rinbosari Otovullo Rasulov vaqtinchalik hokimlik qilyapti. Hozir paxta mavsumi bo‘lgani uchun fermerlarni kechasi soat 12 gacha olib o‘tirib, yig‘ilish qilyapti,» dedi Eltuzning paxtaobodlik obunachisi. Yana bir paxtaobodlik majlisbozlikka e'tibor qaratdi: «Haqoratlar bilan rosa o‘zidan ketyapti. U o‘zini ko‘rsatish kerak-ku axir,  yangi yosh hokim,» deya yozg‘irdi Eltuz obunachisi.
+++
Andijanning Izboskan tumanida bir erkak xotini, qaynanasi va qaynukasini pichoqladi. Oqibatda xotin va qaynana hodisa joyida, qaynuka bannisada o‘ldi. Xotin, qaynana va qaynuka go‘rda, er qamoqda.
+++
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 29 yashar yigit uyiga begona erkaklar kelayotganidan darg‘azab bo‘lib, onasini chavaqlab tashladi. Ona go‘rda, o‘g‘il qamoqda.
+++
9 oyda O‘zbekistonda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 27 mingdan ortig‘i — oilada, 3 mingdan ortig‘i — ko‘chada, 1 mingdan ortig‘i — jamoat joyida sodir etildi, deya ma'lum qildi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi. Jami 32 mingdan ortiq xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.
+++
Oila kodeksiga kiritilishi rejalashtirilayotgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekistonda aka-uka (opa-singillar)ning quda-andachiligi taqiqlanishi mumkin. Aniqrog‘i, mazkur kodeksga nikohga monelik qiluvchi sabablar (16-modda) qatoriga «yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh» ham kiritilmoqda.
+++
Toshkentning Chilonzor dahasidagi qurilish maydonida 700 ga yaqin daraxt chopib yo‘q qilindi. So‘nggi davrda Toshkent hiyobonlaridagi muttasil daraxt kesish kampaniyasi oqibatida poytaxtni chang to‘zon qoplagani va shahar ekologiyasi juda yomon ahvlga kelgani qayd etilgan. Bitta daraxtni kesishga bir necha sekund sarflash, uni o‘stirib voyaga yetkazish uchun esa kamida 50 yil kerak bo‘ladi.
+++
Bishkek sudi hukmi bilan Tvitterda ruslarni ulug‘lagan postni qoldirgan ayol 1 yilga qamaldi. Sudda ayol o‘z tvitining irqchilik mazmunida bo‘lganini tan olib, o‘ziga qamalishdan boshqa jazo berishni so‘ragan, biroq afsus-nadomatlariga qaramay, u “millatlararo to‘qnashuv”ga olib borishi mumkin bo‘lgan yozuvi uchun panjara ortiga yo‘llangan.
Qirg‘izlarga yo‘naltirilgan tvitida ayol: “Axir sizlarni ruslar odam qilmadimi? Bo‘lmasa, o‘tovlaringizda yashab yuraverardinglar… ruslar bu yerlarda sizlarga shaharlar qurib berishdi, sizlar esa ularga qarab itday akkilyapsiz…» deya tahdid qilgan.
+++
Italiyaning La Repubblica gazetasi NATO razvedka ma'lumotlariga tayanib, Rossiyaning eng zamonaviy strategik atom suv osti kemasi o‘zi joylashgan Oq dengizni tark etganini da'vo qilmoqda. Suv osti kemasi 120 kun davomida avtonom navigatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.
«Poseydon» Suv osti kemasi  yadroviy kallaklariga ega va ular qirg‘oq chizig‘iga 10 000 kilometr masofadan zarba berishga qodir.
«Bu to‘lqin Nyu-York yoki Los-Anjeles kabi metropoliyalarni Yer yuzidan yo‘q qilishi mumkin», deya ta'kidladi La Repubblica.
+++
Rossiyaning Volgograd viloyatida rasmiylar notariuslar zimmasiga “mogilizatsiya”ga ketayotgan kishilarni navbatsiz qabul qilib, ularning vasiyatnomalarini bepul tasdiqlab berish vazifasini yukladi. Putin bosh bo‘lgan “Yedinaya Rossiya” partiyasi vakillari esa Saxalinda «mogilizatsiya»ga chaqirilganlarning oilalariga 5 kilodan muzlatilgan baliq tarqatishga qaror qilishgan. Bundan ilgari Rossiyaning Tuva viloyatida mogilizatsiyaga jo‘natilgan har bosh o‘ris askari evaziga bir bosh qo‘y berish tashabbusi targ‘ib qilingan edi. Baliqlar ma'ramaydi. Bo‘lsayam muzlatilgan, tuzlangan baliq.
+++
Belarus Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus harbiy amaliyotida» ishtirok etadi, biroq u yerga o‘z askarlarini jo‘natmaydi, bu haqda mamlakat prezidenti Lukashenko bayonot berdi. Rossiyaning bu so‘nggi yolg‘iz ittifoqchisi, har holda agar Ukrainaga armiya jo‘natsa qaerdan preventiv zarba kelishini yaxshi biladi.
+++
Tatariston poytaxti Qozon shahrida 17 yashar qiz 3 oktyabr kuni voenkomatni yoqib yuborishga uringan. Bitiruvchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz politsiya tomonidan tutib ketilgan. Politsiya bo‘limidagi so‘roq paytida u harbiy komissariatni urushga va mobilizatsiyaga qarshi bo‘lgani uchun yoqib yubormoqchi bo‘lganini aytgan. Harbiy safarbarlik e'lon qilinganidan buyon o‘tgan ikki hafta ichida Rossiyaning turli joylarida o‘ndan ortiq voenkomat va hokimiyat binolariga o‘t qo‘yishga urinish holatlari kuzatilgan.
+++
“Yorim o‘lar-ketar, o‘limlik puli yonga qolar…”
“Mogilizatsiya”ga tushgan yigit yaxshi ko‘rgan qizi undan srochniy ZAGSdan o‘tishni so‘rayotganini aytdi. Rossiya telekanali jurnalistining: “Bu iltimosdan sevgilingizning maqsadi nima?” degan savoliga yigit: “O‘lib ketsam, ijtimoiy to‘lov pulini olish uchun…” deya javob berdi.
+++
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida harbiy safarbarlikka jalb qilinganlarning yarmi xizmatga yaroqsiz bo‘lib chiqdi, deya bildirdi o‘lka gubernatori Mixail Degtyarev.
Mulozimning aytishicha, chaqirilganlarning yarmi (bir necha ming odam) e'lon qilingan “mogilizatsiya” talablariga mos kelmagani uchun uyiga qaytarilgan.
+++
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanovning bildirishicha, 21 sentyabrdan beri mamlakatga 200 ming chog‘li rossiyalik kirib kelgan. Ulardan 147 ming nafari Qozog‘istondan qo‘shni davlatlarga chiqib ketishga ham ulgurgan. Bundan qanchasi O‘zbekistonga kirib kelgani haqida rasmiy ma'lumot haligacha yo‘q.
+++
Urushga safarbarlik e'lonidan keyin Rossiyada uyini “zudlik bilan” sotishni istaganlar soni 3 baravar oshgan. Aytilishicha, turarjoy egalari mamlakatdan ketish oldidan xonadonlarini 20 foizlik chegirma bilan sotuvga qo‘yishgan.
Ayni paytda Toshkentda kvartira narxlari oshmoqda. O‘zbekistonga kelayotgan Rossiya fuqarolari, Toshkentdagi rossiyaliklar oqimi tufayli kvartiralarni ijaraga olish narxi ikki baravar oshdi, deya xabar bermoqda Eltuzning Yunusoboddagi mobil muxbiri.
+++
Kreml Ukrainaning Xerson va Zaporoje viloyatlari qaysi joyigacha Rossiya tomonidan anneksiya qilinganiga aytib berolmadi. Bunga oid savol 3 oktyabr kuni Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga berilgan. Bu savolga javoban mulozim Moskva mazkur masala yuzasidan “viloyatlar aholisi bilan maslahatlashishda davom etishi”ni bildirgan.
+++
Referendum mashvaratlari davom etayotgan bir paytda Rossiya tomonidan Ukrainaning to‘rt viloyati “DXR”, “LXR”, Xerson va Zaporoje viloyatlarining anneksiya qilib olinganini dunyoda birinchi bo‘lib Shimoliy Koreya diplomatlari olqishlab chiqishdi. Chuchxe g‘oyasi tarafdorlari hozircha bu soxta referendumlarni yoqlab chiqqan yagona guruhdir.
+++
Ukrainada ayollar zo‘rlanayotgan, bolakaylar bombalar ostida burda burda bo‘layotgan bir paytda, o‘zbek shoumenlari o‘zlarining bachkana chiqishlari bilan bu fojiani kulguga olishmoqda.

Tag‘in o‘qing
19 yanvar 2017
Prezident Mirziyov 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisda Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovni tikka turg‘azib qo‘yib moliya tizimidagi kamchiliklarni ...
10 may 2018
Bu yilgi 9 may O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon sobiq sho‘rolar ramzlariga, bugungi Rossiyada urfga kirgan timsollarga eng boy tarzda ...
5 sentyabr 2016
O‘zbekistonda qatag‘on yillarining qoralovchilaridan biri bo‘lgani iddao qilinadigan 54 yoshli Nig‘matulla Yo‘ldoshev shaxsi haqida matbuotda juda kam eshitganmiz. Nig‘matilla ...
12 yanvar 2016
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 11 yanvar kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida bo‘lib o‘tgan maxkamada sudlanuvchi Aramais Avakyan tergovda o‘ziga nisbatan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...