Asosiy mavzular
22 noyabr 2022

Yaponiya imperatori o‘zbek vazirni oliy orden bilan mukofotladi

Joriy yilning 9 noyabr kuni Tokiodagi imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovni Yaponiya oliy mukofoti Buyuk kordon – «Chiqayotgan Quyosh ordeni» bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. An'anaga ko‘ra, orden Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan bosh vazir Fumio Kisida ishtirokida taqdim qilindi.

«Chiqayotgan Quyosh ordeni» mukofoti Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan uzoq muddatli hissasi e'tirof yetilganidan dalolat beradi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan norasmiy suhbat chog‘ida bu pandemiyadan keyingi birinchi marosim ekanligini, bu ramziy ma'noga ega ekanligini ta'kidlab, bugun Yaponiya uchun sheriklik katta ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakatlar vakillari mukofotlanganini qo‘shimcha qildi. Suhbat yakunida Fumio Kisida mukofotlangan mamlakatlar xalqlariga o‘zining samimiy tilaklarini yetkazishni so‘radi.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston vakili Aziz Abduhakimov bu yil MDH mamlakatlari orasida yagona va katta tasmada chiqayotgan Quyosh ordeni bilan taqdirlanganlar orasida eng yoshi hisoblanadi.

Orden haqida

«Chiqayotgan quyosh» Yaponiyaning eng qadimgi mukofoti. 1875 yil davlat Kengashi qarori bilan tashkil etilgan Chiqayotgan Quyosh ordeni faqat erkaklar uchun bo‘lib ham harbiy, ham grajdanlar uchun berilgan.

1875 yil dekabrda Tokioda ordenning birinchi taqdirlash va taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Mukofotning yuqori maqomini ta'kidlash uchun imperator va imperator oilasining yetti a'zosi birinchi kavalerlar bo‘lishdi. Imperator oilasidan bo‘lmagani xolda orden olgan ilk kishi 1876 yil fevral oyida zobit Saygo Tsugumichi bo‘ldi.

2003 yilda orden berish qoidasi o‘zgartirildi. Endi orden bilan ayollarni mukofotlashga izn berildi. Aziz Abduhakimov bu ordenga sazovor bo‘lgan eng yosh siyosatchidir.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
12 fevral 2020
Toshkent harbiy mahkamasi sobiq mulozim Rafiq Sayfulin va O‘zbekiston qurolli kuchlari birlashgan shtabi boshqarma boshlig‘i Akbar Yorboboevni davlatga xoinlik ...
29 noyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 14-qismi yosh shoirlarga tavsiyalariga bag‘ishlanadi.
5 aprel 2023
Buyuk Britaniya boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida Rossiya ishtirok etishidan xavotirlanib, uni boykot qilishga qaror qildi.  Xalqaro boks ...
1 noyabr 2015
Camarqandda Kerri va Karimovga inson huquqlari bo‘yicha savol bergan g‘arblik jurnalistlarni zaldan quvib chiqarishdi. Rassom: Tuz Eltuz.com
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...