Asosiy mavzular
1 dekabr 2022

EP48: Ko‘mirga qo‘shilgan tuproq, to‘xtatilgan paxta xosili va omonat ko‘prik…

Dastlabki shikoyat Qashqadaryodan:

Boyqo‘rg‘onning omonat ko‘prigi

Qashqadaryodagi ko‘prik ibtidoiy qurilishning noyob namunasi kabi sayyohlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Ammo mahalliy aholi uchun undan o‘tish qo‘rqinchli.
“Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Boyqo‘rg‘on qishlog‘i daryo ustidagi ko‘prik omonat turibdi. Uzilib ketib, fojia ro‘y berishi mumkin. Mustahkam ko‘prik qurib berishlarini so‘raymiz” deya izohlaydi vaziyatni Eltuz portaliga video jo‘natgan muxlis.

Ko‘mirga tuproq qo‘shilmoqda

“Xorazmdan murojaat qilyapmiz. Aholiga berilayotgan ko‘mirga tuproq qo‘shilayotganiga guvoh bo‘ldik. Vaziyatni tegishli tashkilotlar nazorat qilsa yaxshi bo‘lardi” deydi Eltuz portaliga video jo‘natgan xorazmlik shikoyatchi. Videoda bu xolatni aynan kuzatish mumkin. Keyingi shikoyat Buxorodan.

«Issiqxona quraman deb xonavayron bo‘ldim»

“Men – Zulayho Ibragimova, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan murojaat qilyapman. Bir muammo yechimini topish uchun bir yildan beri ovora bo‘lib yuribman. Prezidentimiz xalqni kambag‘allikdan chiqarish uchun farmon va qarorlar qabul qilgan. Lekin ayrim olg‘ir tadbirkorlar bu hujjatlarni o‘z foydasi yo‘lida ishlatib, kambag‘al aholini nochor ahvolga solmoqda. Men ham shundaylardan biriman.
2021-yil fevral oyida Prezidentimiz farmoni bilan chiqarilgan 14% li imtiyozli kredit asosida, jiyanim Ismoil Salohiddinov nomiga rasmiylashtirilgan issiqxonani o‘z hovlimga qurdirdim. Issiqxonani qurgan firma meni aldab ketdi. U 3,5 sotix yerda, 31 mln so‘mga qurilgan edi. Firma issiqxonani chala tashlab ketdi, ishni nihoyasiga yetkazmadi. Bu borada suddan tortib prokuraturaga qadar murojaat qildim, ammo natija bo‘lmadi.
Men aslida issiqxonani viloyat hokimiyatining tavsiyasi bilan qurdirganman. Issiqxonachala qurilgani sababli 2021-yilda 3 marta ketma-ket hosil ola olmadim. Holbuki, ko‘chat, dori va boshqa xarajatlar qilingan.
Ikki farzandim kontrakt asosida ta'lim oladi. Murakkab ahvolda qoldim. Majburiy ijro xodimlari jiyanimning ham mol-mulkini xatlab ketdi. Men bu issiqxonani urug‘-aymog‘imni xonavayron qildiraman deb qurdirganim yo‘q, balki farzandlarim kontraktini to‘layman deb qurdirganman. Mutasaddilardan amaliy yordam so‘rayman”.
deya yozadi Buxorolik tadbirkor ayol. Keyingi shikoyat Xorazmdan

Tadbirkorning paxta ortilgan mashinasi to‘xtatildi

2022 yil 26 noyabr kuni “Xonqa Gold Fiber” kooperasiyasi tomonidan yetishtirilgan paxta hosilini Qoraqalpog‘istonda joylashgan «Agro To‘rtko‘l Tekstil Klaster» MChJga qayta ishlash uchun olib borilayotgan mahal ularni yo‘l patrul xizmati (YPX) hodimlari to‘xtatib, transport hujjatlarini tekshirgan. Garchi barcha hujjatlar mavjud bo‘lsada, paxta ortilgan yuk mashinasini harakatda davom etishiga ruhsat berilmagan. YPX xodimlarining aytishiga ko‘ra, ular tomondan transportning hujjatlari tekshirilgach, muammo yo‘qligi aniqlangan. Ammo yuk tashuvchi transportga ortilgan paxtaning qonuniy ravishda olib ketilayotganini aniqlash maqsadida Xonqa tuman Agroinspeksiya boshlig‘ining yetib kelishi so‘ralgan.
Ammo ushbu paxta mustaqil ravishda kooperatsiya tomonidan yetishtirilgani va asossiz ravishda paxtani ushlab turish sababini so‘rab berilgan savolga Xonqa tuman Agroinspeksiya boshlig‘i javob berishdan qochdi.
“Biz paxtani o‘zimiz kooperasiya usulida yetishtirdik. Hamma xarajatlar o‘zimiz hisobimizdan bo‘ldi. Soliqlarni, boshqa xarajatlarni to‘lash uchun tegirmon usulida paxtani qayta ishlash uchun olib ketayotgan edik. Hozir ushlab turishibdi” – deydi kooperasiya rahbari.
Kooperatsiya rahbarining aytishiga ko‘ra, paxtani tegirmon usulida qayta ishlash uchun shartnomalar bor. Paxta tashish uchun “Xorazm Paxta Trans” korxonasi bilan shartnoma tuzilgan.
Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunga asosan Fermer xo‘jaligi o‘z ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi.

Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizasiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga haqli, deya yozadi xonqalik tadbirkor. Keyingi shikoyat Qashqadaryoning Koson tumanidan.

Maktab qorovuli direktorga qarshi
Video:
Xalq ta'limini biznes maydoniga aylantirishga katta yo‘l ochib bergan Qashqadaryo viloyati XTB mudiriga istefo so‘rab murojaat qilyapman», deydi Koson tumani Toshli qishlog‘i turg‘uni Abdug‘aniev Asad.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
22 dekabr 2016
21 dekabr kuni Toshkent shahar sudida Davron Norboev hakamligida diniy ekstremizmda ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs ustidan sud davom etdi. ...
11 yanvar 2016
Bugun  Prezident rezidentsiyasi oldida piket o‘tkazganlari uchun olib ketilgan namoyishchilarning soat kechki 22.00 da  qo‘yib yuborilgani xabar yetib keldi. ...
5 yanvar 2021
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 49-umumta'lim maktabi o‘quvchilari mutlaqo sharoiti yo‘q eski dala shiyponida o‘qishmoqda. Bu haqda bo‘kalik fermer va faol ...
14 avgust 2018
Bugun eltuz.com satirasida rassom Tuz qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi yashirin tunneldan o‘tishga majbur bo‘layotgan kelinlar muammosini aks ettiradi. Ota-onasini ko‘rish uchun ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...