Asosiy mavzular
17 dekabr 2022

EP50: Bandixondagi ko‘prik, majburiy obuna, Jizzaxning abgor yo‘llari…

«Eltuz» portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Surxondaryodan

Bandixonning qaltis ko‘prigi

“Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Paxtakor mahallasi Bog‘ ko‘chadagi ko‘prikning ahvoli. Bolalarimiz maktabga shu ko‘prik orqali qatnaydi. “Tez yordam” ham kela olmaydi. Mas'ullardan iltimos, ko‘prikni yangilab berishsin”.

“O‘qituvchilar maoshidan obuna uchun 130 ming soʻmdan ushlab qolinmoqda”

“Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi maktabdan yozmoqdamiz. Bizda ixtiyoriy-majburiy obuna boshlandi. O‘qituvchilar roziligini so‘ramasdan obuna uchun 130 ming soʻmdan ushlab qolinmoqda. Buni qanday baholash mumkin? Mehnat inspeksiyasi, kasaba uyushmasi va prokuraturadan holatni nazoratga olishlarini soʻraymiz”.

“Ziyorat turizmi uchun qurilgan yo‘l yana abgor ahvolga kelmoqda”

“Jizzax viloyati Baxmal tumani Mug‘ol qishlog‘idan murojaat qilyapmiz. O‘tgan yili ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida qishlog‘imiz yo‘li asfalt qilingan edi. Lekin suv ombori qurilishiga qatnayotgan maxsus texnikalar yo‘lni yana abgor ahvolga solmoqda. Buning oldini olish kerak…”

“O‘quv yili boshida topshirilishi belgilangan maktab binosi hali-hanuz ochilmadi”

“Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani XTBga qarashli 57-o‘rta maktabda 2021 o‘quv yiliga qadar sharoit og‘ir edi. Oʻquvchilar eski paxsa devorli sinflarda, 2 smenada o‘qib kelmoqda edi. Bu haqda “Nasafnews”, “Kun.uz” saytlarida maqolalar e'lon qilindi. Shundan keyin ta'lim mas'ullari maktab uchun zarur sharoitlarni yaratish, qo‘shimcha bino, sport zali va maydonlarini qurib berishni va'da qildi. Ammo negadir sport zali va maydonlari qurilmadi. Faqat 16 xonadan iborat qo‘shimcha korpus barpo qilindi. Lekin o‘quv yili boshida ishga topshirilishi belgilangan yangi korpus hali-hanuz ochilmadi. O‘quvchilar hali ham 2 smenada, qorong‘iga qadar o‘qimoqda. Jihozlar yo‘q deyishyapti. Maktabni jihoz bilan ta'minlash shunchalik qiyinmi? Mas'ullar nima deydi?”

“Suv quvuri o‘tkazamiz deb yo‘lni kovlab tashlashdi”

“Xorazm viloyati Shovot tumani Yangi Boroq mahallasidan murojaat qilyapmiz. Mahallamiz 2018 yilda “Obod qishloq” dasturiga kiritilib, ko‘chalarga shag‘al to‘kilgan edi.. 2022 yil boshida vodoprovod o‘tkazamiz deb, barcha ko‘chalarni qazib tashlashdi. Suv o‘tkazilgach, shag‘al to‘shab beramiz deyishgandi, lekin va'dani bajarishmadi. Bu borada amaliy yordam kutib qolamiz”.

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2017
Yangi yil oldidan rossiyalik milliarder, agar uni O‘zbekistonga chaqirishsa borishga tayyorligini aytdi. Uni O‘zbekistonda kim kutayotgani, kim chaqirishi qorong‘u. ...
21 iyun 2022
Eltuz tahririyati shu yilning 23 fevral kuni e'lon qilingan “Allamjonov 4.2 mln $ tillani chegaradan qanday olib o‘tdi?” sarlavhali ...
6 aprel 2020
Karantin bois uyda o‘tirgan o‘zbek shoiri va muxolifat lideri Muhammad Solih endilikda kitob o‘qishga va yangi asarlar yozishga ko‘proq ...
28 fevral 2019
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 27 fevral kuni terma jamoaning sobiq murabiyi, bir yil burun «umrbod futboldan chetlatilgan» Samvel Babayanni ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...